• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Tibbiyot Fargʻonada “Dok-1 Maks” dorisini ichgan bola vafot etmagan
Tibbiyot
Voqealar

Fargʻonada “Dok-1 Maks” dorisini ichgan bola vafot etmagan

  • 04.01.2023 / 21:53
  • 749
  • 0
111

Ijtimoiy tarmoqlarda “Dok-1 Maks” isteʼmol qilib Fargʻona shifoxonasida ogʻir ahvolda qolayotgan oltiariqlik bola vafot etganligi haqida xabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat  Sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Xabarga koʻra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filialining bolalar reanimatsiya boʻlimiga 2022-yil 21-dekabr kuni Oltiariq tumanida yashovchi, 2019 yilda tugʻilgan bemor bola Alimentar etiologiyali oshqozon ichak faoliyati buzilishidan keyingi oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, Prerenal turi, Anuriya bosqichi tashxisi bilan yotqizilgan.

Markaz shifokorlari tomonidan tasdiqlangan davolash-diagnostika standartlari boʻyicha davo muolajalari olib borilgan. 

Ushbu davolash jarayonida viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika bolalar Milliy tibbiyot markazi mutaxassislarining tavsiyalari va koʻrsatmalari asosida davolash ishlari olib borilgan.  

Bemorda oʻtkir buyrak yetishmovchiligi tana haroratini koʻtarilishi, ichak infeksiyalari, tanani suvsizlanishi oqibatida kelib chiqqanligi,  ajralgan siydik tahlili bak.pasiv qilinganda Ye-soli (ichak infeksiyalari) borligi aniqlangan. 

Bemor bolada alimentar etiologiyali oshqozon ichak faoliyati buzilishidan keyingi oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya, uremiya, uremik ensefalopatiya, OʻNE I-II-darajasi. OʻYUQTE I-II-darajasi bilan 2023-yil 3-yanvar kuni koʻrsatilgan reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay biologik oʻlim qayd etilgan. 

Vafot etgan bola patologik anatomik tekshiruviga yuborilgan.

Barchaga maʼlumki, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filialining bolalar reanimatsiya boʻlimida 1 nafar “Dok 1 Maks” siropini ichishi natijasida Quvasoylik 3 yoshli bemor bola doridan oʻtkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgan edi. Bugungi kunda bemor Respublika Bolalar milliy tibbiyot markaziga koʻchirib oʻtkazilgan va unga tasdiqlangan davolash standarti asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar