• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Davlat byudjeti taqsimoti: Taʼlimga yo‘naltirilgan sarmoya - eng samarali investitsiya!
Siyosat
Fan va ta'lim

Davlat byudjeti taqsimoti: Taʼlimga yo‘naltirilgan sarmoya - eng samarali investitsiya!

  • 09.01.2023 / 10:54
  • 944
  • 0
111

Har bir davr uchun muhim hisoblangan taʼlim masalasi bugungi kunning eng dolzarb masalalardan biridir. Taʼlim infratuzilmasini yaxshilash uchun ajratilayotgan mablag‘lar, agar ular maqsadli va o‘z o‘rnida sarflanayotgan bo‘lsa, yaqin kelajak natijalarida namoyon bo‘lmay qolmaydi. Har bir fuqaro, u kim bo‘lishidan qaʼtiy nazar, o‘rtacha 14 yilini taʼlim muassasalarida o‘tkazadi. Bu maskanlarning shart-sharoitlari talab darajasijada bo‘lishi, xavfsizlik meʼyorlariga javob berishi, innovatsion texnologiyalar bilan jihozlanganligi, ovqatlanish joylari va sanitariya-gigiena qoidalarga amal qilinishi o‘sib kelayotgan avlod intellektual salohiyati darajasi va salomatligida muhim o‘rin tutadi.

Davlat byudjetidan sarflanayotgan mablag‘larning yuqorida keltirilgan jabhalarga qay tartibda taqsimlanishi va bu mablag‘lar maqsadli sarflanayotganini har bir fuqaro bilishga haqli. Shunday ekan davlat budjetining taʼlimga ajratilayotgan mablag‘lar sarfini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, budjet harajatlarining 2022-yil 9 oylik ijrosi bo‘yicha taqdim etilgan ochiq maʼlumotga asosan ijtimoiy harajatlarga nisbatan taʼlimga ajratilgan mablag‘ 42%ni tashkil etadi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2022-yil 20-dekabrdagi parlamentga murojaatida aytilishicha, “...kelgusi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 ta maktab kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelgusi besh yilda ularning soni mingtaga yetkaziladi. Yil boshidan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yildi. Bu borada yetarli tajriba orttirildi.

Endilikda ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Bu jarayonlarni shaffof tizim asosida tashkil etish, farzandlarimizni sog‘lom va sifatli ovqat bilan taʼminlashga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri masʼul va javobgar bo‘ladi.

Taʼlim sohasidagi navbatdagi muhim yo‘nalish, bu – yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo‘lmasdan kirib kelayotgani hammamizni o‘ylantirishi kerak. Shu bois, 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarur.

Bu maqsadda 2023-yildan boshlab yangi dastur amalga oshiriladi. Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy taʼlim standartlari joriy etiladi. Kelgusi besh yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinadi”.

So‘nggi olti yilda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 27 foizdan 70 foizga yetishi natijasida bugungi kunda 2 millionga yaqin bola bog‘chaga bormoqda. Yaqinda Toshkent shahrida o‘tkazilgan YuNESKOning Maktabgacha taʼlim bo‘yicha Umumjahon anjumanida ham bu islohotlarimiz yuksak eʼtirof etildi.

Haqiqatan ham sarflanayotgan mablag‘lar o‘z samarasini beryaptimi, jamoatchilik nazorati tahlili o‘tkazilmoqdami? – degan savollar tug‘ilishi shubhasiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, davlat byudjeti daromadlarining monitoringi alohida ahamiyatga ega. Nazorati emas, aynan monitoringi. Budjet strategiyasini amalga oshirish jarayonida monitoring instrumentlarini qo‘llash bir qator muhim vazifalarni bajarishga imkon beradi.

Jumladan, byudjet strategiyasi borasida qonunchilik va hukumat qarorlarining muvofiqligi, byudjet sohasidagi islohotlar natijasida daromadlar prognozining aniqligini o‘rnatish, muvofiqlashtiruvni amalga oshirish maqsadida uzoq muddatli salbiy tendentsiyalarni oldindan ko‘ra bilish kiradi. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning byudjet strategiyasida nazarda tutilgan strategik maqsadlarga mos kelishi, byudjet jarayoni ketma-ketligi va fiskal intizomni mustahkamlashni taʼminlash, byudjet jarayoni “shaffofligini” va samaradorligini oshirish va boshqalar nazarda tutilgan.

Xulosa qilib aytganda, jamiyatda bilimga asoslangan o‘zaro ahillik va hamjihatlik kayfiyati “Uchinchi Renessans” eshiklarini ochib beradi. Zotan, Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!” Shunday ekan, mamlakatimizda ilm-fanni yanada rivojlantirish, yoshlarni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasidagi ishlar hamisha bardavom bo‘ladi. Unutmang, bu bolalar siz va bizning, O‘zbekistonning farzandlaridir.

Nilufar Sharabutdinova 
O‘zbekiston Аgrar soha ayollari uyushmasi 
Farg‘ona viloyati boʼlimi boshlig‘i o‘rinbosari

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar