• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Sport Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz
Sport

Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz

  • 20.01.2023 / 14:14
  • 1719
  • 0
111

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘limi boshqaruvi hamda karlar jamiyati hududiy bo‘limi tashabbusi bilan “Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida eshitish va gapirishda nuqsoni bor shaxslar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqalar qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.

Shaxmat stolida dona surgan havaskor sportchilar mulohaza bilan ish yuritish, “etti o‘lchab bir yurish” borasida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Murosasiz kurashlar, teng raqiblar o‘rtasida kechgan shaxmatchilar bellashuvida marg‘ilonlik Muhammad Egamberdiyevga teng keladigani topilmadi.

Shashka sport turi bo‘yicha o‘tgan uchrashuvlarda esa farg‘onalik Rasulbek Haydarovning qo‘li baland keldi.

G‘olib va musobaqa qatnashchilari “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda hamkor tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar