• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Noqonuniy qurilish ishlari to‘xtatildi
Iqtisodiyot

Noqonuniy qurilish ishlari to‘xtatildi

  • 23.01.2023 / 15:20
  • 620
  • 0
111

Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Farg‘ona viloyat bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

Beshariq tumani Fayziobod MFY Oltin vodiy ko‘chasi hududida joylashgan 5-MTT binosiga qo‘shimcha xonalar qurish obyektida monitoring ishlari amalga oshirildi. O‘rganish jarayonida obyektning loyiha smeta xujjatlarida energiya samaradorlik talablariga to‘liq rioya etilmaganligi aniqlandi. Jumladan, mazkur qurilish obyektida ikkilamchi hamda qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan foydalanish talablari ko‘zda tutilmagan, deraza romlarining oynalari 2 qavatlidan 3 qavatliga o‘zgartirilmagan, isitish radiatorlari orqa tomonlariga issiqlik qaytaruvchi himoya materiallari o‘rnatilishi belgilanmagan.

Bundan tashqari, tadbirkor Muhiddin Karimov tomonidan esa Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” 5-bandi talablari buzilgan. Xususan, reglament talablariga zid ravishda, qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida inspeksiyaga xabarnoma yubormasdan qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Shu sababli, inspeksiya mutaxassislari tomonidan obyektning qurilish ishlari to‘xtatilib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks"ining 99-moddasi 7-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, qonunchilikka ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan barcha, shu jumladan, davlat va xususiy ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish obyektlari, sport komplekslari, lokal isitish issiqlik tizimiga ulanadigan ko‘p xonadonli uy-joylar, “Yangi O‘zbekiston” massivlari, umumiy maydoni 1000 kv. m. dan katta bo‘lgan barcha savdo-ko‘ngilochar markazlarining bino-inshootlarini loyihalashtirish va ishga tushirishda issiq suv iste’moli hajmining kamida 25 foizi ushbu obyektlarda o‘rnatiladiganquyosh suv isitish qurilmalari orqali qoplanishi talab etiladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmagan loyiha hujjatlari bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash hamda issiq suvdan foydalanish ko‘zda tutilgan yangi bino-inshootlarda quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmagan taqdirda bunday bino-inshootlarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatida monitoring ishlari davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati qurilish sohasida
hududiy nazorat  inspeksiyasi
axborot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar