• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Fargʻona viloyatida AQSH Mehnat vazirligi vakillari bilan muloqot oʻtkazildi 
Jamiyat
Jahon

Fargʻona viloyatida AQSH Mehnat vazirligi vakillari bilan muloqot oʻtkazildi 

  • 27.01.2023 / 21:34
  • 1405
  • 0
111

Fargʻona viloyat hokimligi qabullar uyida AQSH Mehnat vazirligi Xalqaro mehnat masalalari boshqarmasining Odam savdosi, majburiy mehnat va bolalar mehnati masalalari boʻlimi vakillari Margaret Jungk, Sara Solomon hamda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakili Sara Bekkerni ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 
 
Yuzma-yuz muloqotda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Alibek Tursunov bu boʻyicha qishloq xoʻjaligi, xususan, pillachilik tarmogʻida olib borilayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi.    
 
Shuningdek, tashrif doirasida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida Fargʻona viloyatida amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlarning natijalari bilan tanishish maqsadida mehmonlar viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan mahalliy pillachilik korxonalarida boʻldilar. 

-Aynan pillachilik sohasida keyingi yillarda ishchi-xizmatchilar mehnatini himoya qilish, soha faoliyatini xalqaro mehnat qonunchiligi meʼyorlari asosida tashkil etish va majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda, - deydi Fargʻona viloyati “Agro Pilla” MCHJ boshqaruvi raisi Maqsudjon Qosimov. – AQSH Mehnat vazirligi vakillari bir qator pillachilik korxonalarida boʻlib, ushbu jarayonni bevosita kuzatish imkoniga ega boʻlishdi.        

Oʻz navbatida AQSH Mehnat vazirligi vakillari tashrif davomida Fargʻona viloyati hokimligi huzurida tashkil etilgan Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyasi faoliyati bilan tanishib, komissiya aʼzolari bilan ham suhbatlashdilar.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar