• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot "Farg‘ona neft bazasi" MChJga tegishli bo‘lgan 4 ta ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi
Iqtisodiyot

"Farg‘ona neft bazasi" MChJga tegishli bo‘lgan 4 ta ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

  • 31.01.2023 / 21:32
  • 168
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 18-martda “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Xususiy sektorni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish mazkur qarorning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Shu sababli, ushbu qarordan kelib chiqib Davlat tender komissiyasining 2022-yil 8-noyabrdagi yig‘ilish bayoniga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli ixtisosli bo‘lmagan va foydalanilmayotgan aktivlari ochiq savdolarda xususiy mulkka sotilib borilmoqda. Sotuvga qo‘yilgan yoki qo‘yilmoqchi bo‘lgan har bir ob'yekt bo‘yicha to‘liq ma'lumot jamiyatning ochiq ma'lumotlar portaliga, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e'lon qilib borilmoqda.

Ayni paytda Farg‘ona viloyatida joylashgan "Farg‘ona neft bazasi" MChJga tegishli bo‘lgan quyidagi ko‘chmas mulklar "E-Auksion" elektron savdo maydonchasi orqali ommaviy savdolarga chiqarildi:

  1. "Guliston" FYoTSh

Sotuvchi: "O‘zbekneftgaz" AJ

Manzil: Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Akrobod MFY

Boshlang‘ich narxi: 408 408 424 so‘m.

  1. "M.Abdurazzoqov" nomli FYoTSh

Sotuvchi: "O‘zbekneftgaz" AJ

Manzil: Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Xo‘ja Xasan QFY

Boshlang‘ich narxi: 406 461 874 so‘m.

  1. "Arsif" nomli FYoTSh

Sotuvchi: "O‘zbekneftgaz" AJ

Manzil: Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri, Arsif MFY

Boshlang‘ich narxi: 251 115 979 so‘m.

  1. "Obod o‘lka" nomli FYoTSh

Sotuvchi: "O‘zbekneftgaz" AJ

Manzil: Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani. Sultonobod MFY

Boshlang‘ich narxi: 129 667 209 so‘m

Auksion savdolari 27.02.2023 yil kuni bo‘lib o‘tadi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar