
Qo‘liga kishan solingan mana bu shovvozlar asli margʼilonlik bo‘lib, ular tanishlari Hakimovdan olgan buyurtmaga asosan Toshkent viloyati Oxangaron tumani hududiga yashirib qo‘yilgan 2800 gramm gashish giyohvandlik vositalarini olib kelish uchun borishadi.
Telegram orqali geolakatsiyasiya va giyohvandlik vositasi yashirilgan joyning fotosuratini olgan Sodiqov va Yakubovlar manzilni adashmay topib borishadi va buyurtmani olib ortga qaytayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.
Maʼlum bo‘lishicha, Hakimov 2022-yil fevral oyi o‘rtalarida jinoiy sherigi Taxirov bilan ko‘rishib, unga 2 kg “Gashish” giyohvandlik vositasini 12.400 АQSh dollariga topib, yetkazib berish bo‘yicha kelishib, Taxirovdan 7.000 АQSh dollari miqdoridagi pul mablagʼlarini oladi. Bundan tashqari Xakimov jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2022-yil fevral oyi oxirlarida jinoiy sherigi Gafurov bilan ko‘rishib, unga 1 kg “Gashish” giyohvandlik vositasini 5.000 АQSh dollariga topib, yetkazib berishini aytib, Gafurovdan 4.900 АQSh dollari miqdoridagi pul mablagʼlarini oladi.
Buyurtmalarni yetkazib berish maqsadida oldindan tanish bo‘lgan jinoiy sheriklari Sodiqov, Yakubov va boshqa shaxslar bilan bir guruhga birikadi. 2800 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasini Tojikiston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kontrabanda qilish orqali qonunga xilof ravishda olib kirilib, yashirib qo‘yilgan joy manzili haqidagi maʼlumotlarni olgan Hakimov jinoiy sheriklari Sodiqov va Yakubovlarga beradi. Xojatbarorlar ishni pishitib qaytishayotganida qo‘lga olinadi va jinoiy rejalarini o‘zlariga bogʼliq bo‘lmagan holatda oxiriga yetkaza olmaydi.
Tezkor qidiruv tabdirlari davom ettirilib, 18.05.2022-yil kuni Hakimovning buyurtmachisi Gafurovning yashash xonadoni tintuv qilinganida chap cho‘ntagidan kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdordagi 3,20 gramm gashish giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Jinoiy guruh aʼzolaridan biri Yakubovning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ozginadan ko‘proq miqdordagi 1,37 gramm gashish giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan yuritilgan ish sudda ko‘rib chiqilib, sud sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini, taraflarning muzokara so‘zlarini, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, mavjud dalillarga baho berib, hukm chiqardi. Unga ko‘ra Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarini qo‘llab, Hakimovga 12 yil muddatga, Taxirovga 12 yil muddatga, Gafurovga 11 yil muddatga, Sodiqovga 8 yil 6 oy muddatga, Yakubovga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mashrabjon Ulug‘bekov
JIB Qo‘qon shahar sudi sudyasi
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari