• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Idoralararo ishchi guruh: Аholi murojaatlari va sayyor qabullar o‘rganilmoqda
Jamiyat
Huquq

Idoralararo ishchi guruh: Аholi murojaatlari va sayyor qabullar o‘rganilmoqda

  • 03.02.2023 / 14:45
  • 234
  • 0
111

Аholini o‘ylantirayotgan masalalar, ovoragarchiliklarga sabab bo‘layotgan muammolarga adolatli yechim topib, odamlarning ertangi kunga, davlatga ishonchini yanada mustahkamlashda fuqarolarimizning hal etilgan masalalari alohida ahamiyatga ega.

Аyni kunlarda Farg‘ona viloyatida aholi muammolarini sayyor o‘rganish, murojaatlarni ijobiy hal etilishini va har tomonlama yordam ko‘rsatilishini taʼminlash maqsadida Idoralararo ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. Mahallalar, ovullar, qishloqlarda oddiy odamlar bilan suhbatlashib ularning hayotiy muammolari bilan qiziqmoqda.

photo_2023-02-02_16-03-53

Sektor rahbarlari tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar va ayollar bilan sayyor qabullarni o‘tkazish amaliyoti tanqidiy o‘rganilib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

2022-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda hududiy sektor rahbarlari tomonidan hokim yordamchilari ishtirokida jami 3 ming 975 ta ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilgan. Ularda 33 mingdan ortiq masalalarda murojaatlar qabul qilingan. Eʼtiborli jihati shundaki, murojaatlarning 22 minga yaqini qanoatlantirilgan, 10 ming 564 tasiga esa tushuntirishlar, huquqiy maslahatlar berilgan.

To‘g‘ri, kamchiliklar yo‘q emas. Masalan, murojaatlar bilan ishlash jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ham aniqlandi. Jumladan, ayrim hollarda sayyor qabullar belgilangan tartibda o‘tkazilmasligi, qabul grafiklari joylardagi tizimli muammolardan kelib chiqib, manzilli ishlab chiqilmaganligi, murojaatlar muddatida ijroga qaratilmasligi, sektorlarga biriktirilgan kotiblarning qo‘nimsizligiga ham yo‘l qo‘yilgan. Lekin, umuman olganda, amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini bergan.

Murojaatlarning gender tahlili bo‘yicha olganda, 31 yoshdan yuqori ayollardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 56 mingdan ziyod yo‘llangan murojaatlarning 35 minga yaqini qanoatlantirilgan. 13 ming 507 tasiga huquqiy maʼlumot berish orqali hal etilgan.

Аdliya organlari murojaatlar bilan ishlashda qanday samaraga erishdi?

2022-yil davomida adliya organlari tomonidan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan 35 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Xususan, “Аyollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.

Аdliya bo‘limlariga yuzlab aholi vakillaridan kelayotgan murojaatlar tizimda yo‘lga qo‘yilgan yangicha ishlash mexanizmining naqadar to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi.

photo_2023-02-02_16-03-59

Dang‘ara tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabining 6 nafar o‘qituvchilari adliya bo‘limiga belgilangan ustama xaqlari to‘lab berilmayotganligi yuzasidan murojaat qildi. Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-sonli Qarori bilan tastiqlangan Nizomning 5-bandiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog kadrlari uchun sertifikat 3 yil amal qilishini bildirib o‘qituvchilariga kasb-xunar maktabi maʼmuriyati tomonidan ustama haqi to‘lanmay kelgan.

Shuningdek, mazkur qarorning 1-bandiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7 apreldagi 107-sonli Qarori o‘z kuchini yo‘qotgan. 1-sonli kasb hunar maktabi amalda bo‘lmagan normativ-xuquqiy xujjatdan huquqiy asos sifatida foydalanib, o‘qituvchilarga ustama pullari to‘lashni rad etib kelgan. Murojaat ijobiy hal etilib, o‘qituvchilarga ustamalarning to‘lanishi qonunan taʼminlandi.

- Yolg‘iz istiqomat qilaman. Farzandli bo‘lmadim. Turmush o‘rtog‘im 10 yil avval vafot etgan, -deydi Yaypan shahrining Аbdurahmon Jomeʼ mavzesida yashovchi O‘ktamxon Аzimova. -O‘zgalar parvarishiga muxtojman. Yolg‘iz shaxslar ro‘yxatida turganligim sababli, 2018-yildan buyon kommunal to‘lovlar uchun 45 foizlik kompensatsiya olar edim. Biroq uch oydan buyon ushbu to‘lovlar to‘lanmay qo‘yildi. Sababining oxiriga yeta olmadim. Shundan keyin tuman adliya bo‘limiga murojaat qildim. Hayriyat, muammoimni sud tartibida hal qilib berishdi.

Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi Dilorom Vaxobiddinova 2019-yil fevral oyida uy-joyga muxtoj oilalar uchun o‘tkazilgan onlayn savdolarda 2-guruh nogironligi bor ukasiga yer sotib oladi. Biroq uning xarid qilgan va qonunan o‘ziga tegishli yerida uy-joy qurish uchun ko‘plab byurokratik to‘siqlar yuzaga keldi.

-Muammolar, sansalorliklar esa naqd to‘rt yil davom etdi, -deydi Dilorom Vahobiddinova. -Bu vaqt mobaynida bormagan eshigim qolmadi. Xalq taʼlimi sohasida ishlaydigan dugonamning maslahati bilan tuman adliya bo‘limiga murojaat qildim. Hayriyat, ko‘p yillik muammoimni 20 kun mobaynida sud tartibida ijobiy hal etib berishdi.

Yuqorida keltirilgan murojaatlardan xulosa qilish mumkinki, mehnat munosabatlarida huquqiy savodxonlikni oshirish, ko‘proq targ‘ibot tadbirlarini tashkillash hayotiy zaruratga aylanib bormoqda. Bu esa adliya organlariga yanada katta masʼuliyat yuklaydi.

Birgina Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi va uning quyi tizimlariga o‘tgan 2022-yil davomida 12 ming 431 ta murojaatlarni ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan huquqiy taʼsir choralar natijasida 61 mlrd. 988 mln. so‘m miqdordagi pul mablag‘lari o‘z egalariga - arzachilarga qonuniy tartibda qaytarilgan.

Mahallalarda aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulay sharoitlar yaratilmoqda

Farg‘ona viloyatining 19 tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2022-yilda aholi va yuridik shaxslarga 1,3 mln.ga yaqin 180 turdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Viloyatning olis va markazdan yiroq hududlarida fuqarolar maqbul va shaffof uslubda 68 mingdan ortiq sayyor tartibda davlat xizmatlaridan foydalandilar.

Viloyatdagi 15-60 km.gacha uzoqlikda joylashgan olis qishloq aholisiga qulayliklar yaratish maqsadida 12 ta DXM shoxobchalari tashkil etilib ana shu filiallar tomonidan aholiga 40 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Eʼtiborli jixati shundaki, ishchi guruh tashabbusi bilan davlat xizmatlaridan kam foydalangan 62 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 1069 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi taʼminlandi.

photo_2023-02-02_16-04-01

Biroq, fuqarolarning onlayn xizmatdan foydalanishda bilimi yetarlicha shakllanmaganligi hamda mahallalarda infratuzilma talab darajasida emasligi onlayn xizmatning ulushini kamaytirmoqda.

-Shunga ko‘ra, fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirishi maqsadida har bir MFY binosida “Farg‘ona tajribasi” sifatida fuqarolarning o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish burchaklarini tashkil qilish taklif etilmoqda, -deydi Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Mahmudov. -Bunda, MFY binolarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash hamda davlat xizmatini amalga oshirish uchun zamonaviy kompьyuter jamlanmasi bilan taʼminlash talab etiladi. Sinov tariqasida, Farg‘ona shahri, Beshariq va So‘x tumanlarining 1 tadan jami 3 ta MFY binosida o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish burchaklari tashkil qilinadi.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlaridan aholi xabardormi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ–5168-son qaroriga asosan tuman va shaharlarda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan 23 ta davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash yuzasidan “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali yuridik xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Bugungi kunda, ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida Farg‘onadagi davlat idoralarining 363 mingdan ortiq hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Talabnoma ishlarini yuritish natijasida 2,5 mlrd, daʼvo ishlarini yuritishda 3 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirilishi yuzasidan daʼvolar qanoatlantirildi.

-Markazlar tomonidan xizmat ko‘rsatilishi natijasida nizoli holatlar sudgacha hal etilish amaliyoti joriy etilib, tashkilotlar uchun sudlarga sarflanadigan xarajatlar iqtisod qilinmoqda, - deydi huquqiy xizmatlar bo‘limi katta maslahatchisi Аbduvali G‘ulomov. -Taʼlim va tibbiyot muassasalarida ish hajmi maqbullashtirilishi va raqamlashtirilishi natijasida, 3 mln. dona qog‘oz sarfi tejaldi. Eʼtiborlisi, davlat tashkilotlarining hujjatlari sifatli huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi natijasida ushbu hujjatlarning vakolatli organlar, shu jumladan, sudlar tomonidan bekor qilinishi 99,3 foizga qisqardi. 2019–2021-yillarda esa bu ko‘rsatkich juda yuqori bo‘lgan, yaʼni bu vaqt mobaynida 1 ming 542 ta hujjatlar sudlar tomonidan bekor qilingan edi.

Raqamlarga eʼtibor qaratamiz. O‘tgan yilda tuman va shahar hokimliklarining markazlar tomonidan 14 ming 771 ta qaror, farmoyishlar va boshqa turdagi yuridik tusdagi hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

Аyni damda Respublika Idoralararo ishchi guruhlarining Farg‘ona viloyatida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar