• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat “Sud idorasiga ishi tushgan odam bu dargohda qonun va adolat ustuvor ekaniga ishonch hosil qilishi lozim” - Shavkat Mirziyoev
Siyosat
Huquq

“Sud idorasiga ishi tushgan odam bu dargohda qonun va adolat ustuvor ekaniga ishonch hosil qilishi lozim” - Shavkat Mirziyoev

  • 03.02.2023 / 17:27
  • 1213
  • 0
111

Mamlakatimizda so‘ngi yillarda sud hokimiyati nufuzini oshirish, uni sobiq tuzum davridagi jazolovchi organ maqomidan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan chinakam mustaqil institutga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Аyniqsa, oxirgi yillarda sohaga oid jadallashgan saʼy-harakatlar Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi va alohida nazorati doirasida amalga oshirilmoqda.

Bugun mamlakatimiz hayotining barcha sohalari, shu jumladan, sud-huquq tizimida izchil amalga oshirilayotgan shiddatli islohatlar zamirida inson omili turibdi. Bu hayotiy haqiqatni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasidagi “Inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaati islohatlarning bosh maqsadi etib belgilandi” degan so‘zlari yaqqol isbotidir.

Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar majmui qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Sud tizimi mustaqil bo‘lmas ekan, jamiyatimizda rivojlanish bo‘maydi. Sud idorasiga ishi tushgan har bir shaxs ushbu dargohda qonun va adolat ustuvor ekaniga ishonch hosil qilishi lozim. Yangi O‘zbekistonda har qanday bahsli masalaga adolatli yechim faqat odil sud tomonidan topilishi kerak. Sudьyalar ishiga har qanday aralashuv keskin jazolanadi, ularning xavotirsiz ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi. Qanchalik qiyin bo‘lmasin sud tizimidagi islohotlarimizni albatta davom ettiramiz”, deya taʼkidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, Prezidentimiz 2022-yil 20-dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ham ushbu masalaga yana bir bor to‘xtalib, qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o‘rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratilishini aytib o‘tdi.

Buning isboti sifatida 2023-yil 16-yanvar kuni Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2023-2026-yillarda sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli Strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi.

Shu nuqtai-nazardan Prezidentimiz tomonidan imzolangan Farmonlarda sudьyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy jazolanishi, sudьyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etilgan.

Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusini shakllantirishga oid qismi sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalangan holda odil sudlov faoliyatining samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda davlat ayblovini faqat qonunga asoslanib, xolislikni saqlagan holda sifatli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Bu, o‘z navbatida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishiga erishishga xizmat qiladi.

Аyrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni quyi instantsiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilandi. Fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha taraflarni kelishtirish va mediatsiya institutining keng joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqildi.

Hulosa qilib aytganda, mazkur farmonlarda ko‘rsatilgan vazifalarning bajarilishi sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga, ularning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi.

Tojidin Vaxobov
Jinoyat ishlari bo‘yicha 
Farg‘ona shahar sudining raisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar