• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilish qilgan mansabdor shaxslar BHMning 300 baravari miqdorida jarimaga tortiladi
Huquq

Yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilish qilgan mansabdor shaxslar BHMning 300 baravari miqdorida jarimaga tortiladi

  • 03.02.2023 / 14:03
  • 238
  • 0
111

Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.

Bu borada, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ 708-sonli qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining yer bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi bir qator moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Xususan, mazkur kodeksning 60-moddasi 2-qismiga ko‘ra, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa – ellik baravari miqdorida;

3-qismida esa, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa – uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Bundan tashqari, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalangan fuqarolar va mansabdor shaxslar, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan bo‘lsa, agar o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishi taʼminlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Shunday ekan, har bir fuqaro va mansabdor shaxs yer bilan bog‘liq munosabatlarda qonun talablariga qatʼiy amal qilishi lozim.

Maxkamjon Аbdubannabov
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Farg‘ona shahar sudining sudyasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar