• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim E’tibor va rag‘bat namunasi
Fan va ta'lim

E’tibor va rag‘bat namunasi

  • 07.02.2023 / 07:09
  • 1267
  • 0
111

Kutilmaganda qo‘l telefonim jiringlab qoldi. Go‘shakni ko‘tardim. “Ustoz, sizga Namangan viloyati Kosonsoy sihatgohida dam olish uchun bepul yo‘llanma ajratildi, borib dam olib keling”, degan taklifni eshitdim. To‘g‘risi, men uchun kutilmagan xabardan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi.

 Sihatgoh so‘lim va betakror tabiat qo‘ynidagi “Chashmai shifo" bulog‘i bag‘rida joylashgan ekan. Shifobaxsh buloq suvlari, ming dardga shifo toza ob-havosidan onajonim bilan birgalikda, hamma narsa muhayyo bo‘lgan sharoitda maroqli hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

 E’tiborli jihati, mustaqil yurtimizda halol, ezgu maqsad yo‘lida qilinayotgan mehnat va izlanishlar har jihatdan e’tirof etilib, e’zozlanishini sayohatim davomida yana bir bor his qildim.

 Sihatgoh ma’muriyati umumta’lim maktabida erishgan yutuqlarimni va bepul yo‘llanma bilan kelganimni eshitib, onam uchun sanatoriy xarajatlari uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarib berishdi. Bunday e’tibor va rag‘batdan oila a’zolarimiz bilan birgalikda quvondik va sihatgoh ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirdik.

 Bir so‘z bilan aytganda, oddiy o‘qituvchi mehnat va izlanishlari qanchalik rag‘batga munosib ekanligini o‘z hayotimda ko‘rdim, his qildim.

 Darhaqiqat, xalq ta’limi sohasidagi 23 yillik faoliyatim davomida o‘qituvchi va murabbiylar mavqeyini ko‘tarish, izzat-hurmat ko‘rsatish borasida olib borilayotgan islohotlar ko‘lami kengayib bormoqda. Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchilar va murabbiylarga yuksak darajada e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda ustozlar mehnatini qadrlash, ko‘nglini ko‘tarish, maroqli dam olishi, salomatligini tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yanada rivojlandi.

 Ezgu maqsadlarga qaratilgan islohotlarda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Rishton tuman bo‘limining ham salmoqli hissasi bor. Tarmoq o‘z faoliyatini “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida olib bormoqda.

 Zero, inson salomatligi har narsadan ustun. Maroqli hordiq, ko‘ngilli sayohat insonga hamisha yangi kuch va zavq berish bilan birga, ish unumdorligini oshirishga, yangi g‘oya va tashabbus, izlanish, intilishlarga chorlaydi. Buni ish faoliyatim, oilaviy hayotimda his qilib turibman. Buning uchun soha fidoyilaridan minnatdorman.

 

Dilfuzaxon Abduraxmonova,

 Rishton tumani 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar