
Fuqarolarning sud va boshqa idoralarga borib ortiqcha vaqt sarflashlarini oldini olish, qolaversa, muammolarni imkon qadar tez hal etish maqsadida Farg‘ona shahar “Monomarkaz” va “Do‘stlik uyi” binolarida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Farg‘ona viloyat sudining raisi Sh.Kamolov, viloyat maʼmuriy sudining raisi D.Maxamatov va sudyalar fuqarolarning sud-huquq masalalariga doir murojaatlarini o‘rgandi.
Sayyor qabulda 30ga yaqin fuqarolarning murojaati o‘rganilib, 4 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi. Qolgan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar va muammolar yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.
Bundan tashqari sayyor qabulda sud qarorlari va ajrimlaridan norozi bo‘lgan, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat hamda ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, qonun talablari asosida hal qilindi.
Jinoyat ishlar bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazilib, probatsiya hisobida turgan 18 nafar shaxs tayinlangan jazodan muddatidan avval shartli ravishda ozod etildi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari