• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot “Farg‘onaazot” zavodi haqida baʼzi maʼlumotlar
Iqtisodiyot

“Farg‘onaazot” zavodi haqida baʼzi maʼlumotlar

  • 30.03.2023 / 12:18
  • 1099
  • 0
111

Korxona haqida umumiy maʼlumotlar:

Ishga tushirilgan yil - 1962 yil;

Umumiy maydoni - 348,97 ga;

Umumiy sexlar soni - 26 dona;

Ishlab chiqarish sexlari soni - 12 dona;

Yordamchi va xizmat ko‘rsatish sexlari soni - 14 dona;

Faoliyat turi: mineral o‘g‘itlar, defoliantlar va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish;

Ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari - 35 turdan ortiq;

Аsosiy isteʼmolchilar: qishloq ho‘jaligi, qog‘oz sanoati, shisha sanoati, oziq-ovqat sanoati;

2022 yildagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari:

Аmmiakli selitra - 416,37 ming tonna;

Karbamid - 269,2 ming tonna;

Аmmiak - 321,2 ming tonna;

Аzot kislotasi - 325,8 ming tonna.

Korxonada 2022-yilda amalga oshirilgan va 2023-yilga rejalashtirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani

Bugun, 30-mart kuni ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Farg‘onaazot” АJda 2022-yil davomida ishlab-chiqarish quvvatlarini oshirish va tannarxni pasaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha va chora-tadbirlar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda korxona boshqaruvi raisi iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari G‘ulomjon Soliev OAV vakillariga mazkur mavzu bo‘yicha barcha maʼlumotlarni berib o‘tdi.

So‘ng, ishlab chiqarish texnik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Avazbek Abdullaev sohaga oid taqdimotni namoyish etib, tushuntirish berdi.

Anjumanning savol-javob qismida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga jamiyat mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar