• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Аndijonda fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi - video
Jamiyat
Huquq
Voqealar

Аndijonda fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi - video

  • 15.04.2023 / 18:21
  • 746
  • 0
111

Mojaroga bagajida voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan Labo avtomobili haydovchisini IIB xodimlari to‘xtatganda to‘xtamagani sabab bo‘lgan. Mushtlashuvning o‘zi keyinroq IIB binosida bo‘lib o‘tgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari va tadbirkorlar o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati rasmiy izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 13-aprel kuni Shahrixon tumani IIB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixolog mayor S.Kamolitdinov "Eshonqishloq" mahallasida xizmat olib borayotgan vaqtida, mazkur mahalla hududidan 2004-yilda tug‘ilgan Sh.Sh. Labo'da yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, harakatlangan.

Bundan tashqari u o‘zi bilan ikki nafar 2006 va 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalarni transportning yukxonasida olib ketayotganligi sabab inspektor uni to‘xtatgan. Аmmo, avtomashina haydovchisi bolalarni yukxonadan tushirib, o‘zi voqea joyidan yashiringan.

Shundan so‘ng, holatni rasmiylashtirish maqsadida inspektor va kapitan D.Qosimov voyaga yetmagan bolalar bilan IIB binosida suhbatlashgan. O‘sha vaqtda Labo haydovchisi Sh.Sh., uning akasi 1992-yilda tug‘ilgan B.Sh. va tanishi J.B.lar kelib, avtomashinaga nisbatan maʼmuriy jarima qo‘llamaslikni, avtomashinani jarima maydoniga joylashtirilishi go‘yoki uning tadbirkorlik faoliyatiga ziyon yetkazishini vaj qilib, xodimlarning harakatlariga keskin qarshilik ko‘rsatgan.

Qolaversa, xizmat olib borayotgan xodimlarni haqorat qilib, ular bilan janjal uyushtirib, mayor S.Kamolitdinovga tan jarohatlari yetkazgan.

Natijada, mayor S.Kamolitdinovga "Bosh yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, chap yelka ichki yuzasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, ko‘karishi, milk yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi" tashxisi qo‘yilgan. B.Sh.da "Bo‘yin old qismida shilinma jarohati” mavjudligi aniqlangan.

Yuqoridagi holat yuzasidan Labo haydovchisiga nisbatan MJtKning 128-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Voqea ishtirokchilari Sh.Sh., B.Sh. va J.B.larga esa MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) hamda JKning 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar