• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat O‘n uch yil deganda o‘z lavozimiga qayta tiklangan podpolkovnik
Jamiyat
Huquq

O‘n uch yil deganda o‘z lavozimiga qayta tiklangan podpolkovnik

  • 22.05.2023 / 15:59
  • 575
  • 0
111

Farg‘ona shahridagi Tadbirkorlar markazida Farg‘ona, Аndijon va Namangan viloyatlari aholisi uchun Prezident topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Prezident Xalq qabulxonasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qo‘mitasi, viloyat sektorlari rahbarlarining Farg‘ona, Аndijon va Namangan viloyatlaridan kelgan murojaatchilar bilan yuzma-yuz hamda ochiq-jonli muloqotlarida har bir masala sinchiklab o‘rganildi.

Oliy sud rahbariyati, barcha ixtisoslikdagi sudьyalar bilan keng ko‘lamdagi muloqotlar ham murojaatchilar-u advokatlar uchun har bir masalaga oydinlik kiritish, savollarga javob topish uchun nihoyatda qulay platforma bo‘ldi. Аytaylik, poplik Noila Jo‘raeva murojaatidan so‘ng unga oid jinoyat ishi materiallari qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi. Bu borada sud ekspertizasi ham tayinlandi.

Marg‘ilonlik Inobatxon Qurbonovaning onasiga ajratilgan yer maydonini boshqa shaxslar egallab, uy qurib, hatto sotib yuborganiga oid shikoyati esa Bosh prokuratura nazoratiga olindi. Barcha holat va hujjatlar o‘rganilib, masala qonuniy-adolatli hal qilib beriladigan bo‘ldi.

Ichki ishlar vaziri bilan muloqotlar asosida 7 nafar sobiq xodim tizimga ishga tiklandi. Farg‘onalik Mansur Mirzakarimovning ham adolat-u haqiqat uchun yetti yillik kurashi bugun go‘zal xotima topdi.

Yoki namanganlik podpolkovnik Orifjon Rahimov sud oqlovi va Ichki ishlar vazirligi xulosasi asosida 13 yil deganda yana o‘z sohasiga qaytdi.

Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasida gipsakarton ishlab chiqarayotgan O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonalaridan birining hisobchisi Temurmalik G‘aniev va korxona menejeri Jang Jehan murojaati asosida qo‘shma korxonaning mol-mulk va yer solig‘i bilan bog‘liq qator masalalariga joyida oydinlik kiritilib, ijobiy hal etildi.

Ommaviy qabulda 925 ta masala ko‘rib chiqilib, ularning 395 tasi joyida hal qilindi. 182 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish va maslahat berilgan bo‘lsa, 348 ta masala nazoratga olindi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar