• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Farg‘onadan kuniga o‘rtacha 150 tonna o‘rik eksport qilinmoqda
Iqtisodiyot
Biznes

Farg‘onadan kuniga o‘rtacha 150 tonna o‘rik eksport qilinmoqda

  • 28.05.2023 / 18:44
  • 442
  • 0
111

O‘tgan 2022 yilda Farg‘ona viloyatidan Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Mongoliya davlatlariga umumiy qiymati 3 million dollarlik 3000 tonnaga yaqin o‘rik eksport qilingan.

Bu yil ham o‘rik hosili juda yaxshi. Hozirda gilosdan so‘ng yirik xajmda o‘rik eksporti amalga oshirilmoqda. Kunlik eksport o‘rtacha 150-200 tonnani tashkil etmoqda. Mavsumda tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 1 million 200 ming dollarlik 1500 tonnadan ortiq o‘riklar qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘iston hamda Rossiya Federatsiyasiga eksport qilindi.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Vodiy” va “Marg‘ilon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari Oltiariq tumanida joylashgan eksportga ko‘maklashish markazi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha sutkaning 24 soati davomida xizmat olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar