• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Farg‘onada fuqaroni jazodan ozod qilishni vaʼda qilib, uni 65 mln. somga chuv tushirgan shaxs ushlandi
Huquq

Farg‘onada fuqaroni jazodan ozod qilishni vaʼda qilib, uni 65 mln. somga chuv tushirgan shaxs ushlandi

  • 29.05.2023 / 23:08
  • 420
  • 0
111

Toshloq tumani Jarqishloq mahallasida yashovchi fuqaro T.D. tuman IIBga murojaat qilib, 2023-yilning 7-aprel kuni nomaʼlum shaxs uning farzandini Rossiya Federatsiyasida sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qollanilganini bilgan xolda, uni ozodlikka chiqishiga yordam berishini aytib, 65.000.000 som pulini firibgarlik yoli bilan qolga kiritgan. Pulni olgan shaxs vaʼda qilgan “ishni bajarish” orniga pullarni oz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini aytib, qonuniy chora korishni soragan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bolinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qozg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida korsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar