
Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Farg‘ona shahri "Yangiyo‘l" MFY hududida buyurtmachi tashkilot "Bunyodkor qalqon qurilish" tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy obʼektida monitoring o‘tkazilganda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- obʼektning uchinchi qavatida ichki g‘isht terish ishlarida vertikal choklar qorishma bilan yetarli darajada to‘ldirilmagan;
- uchinchi qavatda “D-E” o‘q bo‘ylab “3-4” o‘qlar oralig‘ida devorlarga g‘isht terish ishlari loyiha yechimlari va qurilish meʼyorlari talablariga zid ravishda bajarilgan.
Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachiga “Qurilishda Davlat Nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi va sifatsiz bajarilgan g‘isht terish ishlari demontaj qilindi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari