
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Aytishlaricha, kecha 1-iyun kuni kechki payt, Toshloq markazida joylashgan “pirojka”xonada gaz ballon portlab ketishi oqibatida dahshatli yong‘in kelib chiqqan” deya nomlangan xabar yuzasidan Farg‘ona viloyati FVB Matbuot xizmati tomonidan rasmiy maʼlumot berildi.
Unda maʼlum qilinishicha, bugun 2-iyun kuni soat 00:28 larda Toshloq tumani A.Navoiy ko‘chasida joylashgan YaTTga tegishli bo‘lgan umumiy ovqatlanish oshxonasining 95 kv.m maydoni ichki va tom qismlari yongan.
Yong‘inga o‘t o‘chirish xodimlari soat 00:33 larda yetib borib, yong‘in soat 00:52da o‘chirilgan. Yong‘indan oshxonaning 350 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Hozirda birlamchi yong‘inning kelib chiqish sababi suv isitish uchun mo‘ljallangan qo‘lbola isitgichdan foydalanganligi va nazoratsiz qoldirilishi natijasida sodir bo‘lganligi yuzasidan tegishli masʼullar tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va jabrlanganlar yo‘q. Favqulotda holatning keyingi tafsilotlari yuzasidan rasmiy maʼlumot berib boriladi, deyiladi xabarda.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari