• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Xonanda Jaloliddin Аhmadalievga "g‘alati jarima qog‘ozi" keldi! Uning jarimalardan 8,25 mln qarzi borligi aytildi
Jamiyat
Huquq

Xonanda Jaloliddin Аhmadalievga "g‘alati jarima qog‘ozi" keldi! Uning jarimalardan 8,25 mln qarzi borligi aytildi

  • 10.08.2023 / 21:48
  • 731
  • 0
111

Ijtimoiy tarmoqlar orqali shu mazmunda tarqalgan videoxabar yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, davlat raqam belgisi 50 M 434 KA bo‘lgan «Lacetti» rusumli transport vositasi 2023-yil 4-avgust kuni soat 14:09da Namangan shahar 4R-117 avtomobilь yo‘lining 15-34 km.lari Namangan shahar hududida harakat tezligi 60 km/s chegaralangan joyda 72 km/s tezlik bilan harakatlanib kelgan. Bu bilan u O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128,3-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan.

Holat yuzasidan elektron tizim taqdim etgan maʼlumot asosida fuqaro Аxmadaliev Jaloliddin Komiljon o‘g‘liga tegishli bo‘lgan 40 T 025 FB davlat raqam belgili, “TOYOTA LAND CRUISER 300 SFX V6” rusumli transport vositasiga nisbatan jarima solish to‘g‘risidagi qaror shakllantirilgan. Yuzaga kelgan texnik xatolik sababli shakllantirilgan qaror ishni ko‘rib chiqqan xodim tomonidan joyida bartaraf etilib, qaror O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasi 1-qismiga asosan bekor qilingan.

Biroq, shakllangan qaror “O‘zbekiston pochtasi” АJ tomonidan ushbu fuqaroning yashash manziliga yuborilgan.

Hozirda yuzaga kelgan holat bartaraf etilib, huquqbuzarlik sodir etgan 50 M 434 KA davlat raqam belgili «Lacetti» rusumli transport vositasining mulkdoriga nisbatan jarima solish to‘g‘risidagi qaror shakllantirilib, tegishli taʼsir chorasi qo‘llanilgan.

Maʼlumot uchun, fuqaro Аxmadaliev Jaloliddin Komiljon o‘g‘liga tegishli bo‘lgan 40 T 025 FB davlat raqam belgili, “TOYOTA LAND CRUISER 300 SFX V6” rusumli transport vositasining jami 9 ta holatda 8 mln. 250 ming so‘m miqdordagi qarzdorligi mavjud, deyiladi Namangan viloyati IIB YHXB Аxborot xizmati tomonidan berilgan munosabatda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar