• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Farg‘onada «elektroset» xodimi nega do‘pposlandi?
Huquq
Voqealar

Farg‘onada «elektroset» xodimi nega do‘pposlandi?

  • 11.08.2023 / 11:55
  • 420
  • 0
111

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi binosiga bir necha shaxslar bostirib kirib, korxona xodimiga tan jarohati yetkazgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holatni viloyat IIB o‘rganib, rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 avgust kuni korxonaning kadrlar bo‘limi boshlig‘i U.M. korxona hisobchisi N.X.ga qo‘ng‘iroq qilib, ishga kelmaganligi yuzasidan suhbatlashish jarayonida uning turmush o‘rtog‘i X.N. bilan o‘zaro janjallashib ketgan. X.N turmush o‘rtog‘i hamda 2 nafar tanishlari bilan korxonaga kelib, U.M.ni qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, uning boshqaruvidagi avtomashina oynasini sindirib tashlagan.

Sud tibbiy ekspertizasining 10.08.2023 yil kungi xulosasida U.M. da yopiq kalla miya jarohati, bosh miya chayqalishi, o‘ng peshona sohasida lat yara, o‘ng ko‘z qovoqlarida qontalash, pastki lab o‘ng tomonida lat yara, chap quloq suprasi orqa yuzasida qontalash, pastki jag‘ o‘ng iyak sohasida qontalashlar aniqlanib, ushbu tan jarohatlari sog‘liqni 6 kundan ko‘p ammo 21 kundan kam bo‘lgan muddatga buzilishiga olib keluvchi yengil shikastlar toifasiga kirishligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan X.N. ga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar