• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Milliy gvardiya tomonidan Qo‘qonda OАV vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi
Jamiyat
Huquq

Milliy gvardiya tomonidan Qo‘qonda OАV vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi

  • 18.08.2023 / 17:34
  • 304
  • 0
111

Joriy yilning 16-17-avgust kunlari Farg‘onalik jurnalist va blogerlar Qo‘qon shahri hududidagi bozorlarda bo‘lib, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Press-tur davomida jurnalistlarga Qo‘qon shahrida jinoyat sodir etilishini oldini olish hamda namunali jamoat tartibini saqlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kunidagi PQ-2833-son (huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida) qarori ijrosini taʼminlash borasida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shavkat Аkbarov tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilanganligini inobatga olib, bozor maʼmuriyati rahbarlari ishtirokida Profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Har kuni savdo komplekslarida Qo‘qon Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, mavjud o‘t o‘chirish va yong‘inga qarshi vositalar soz holatdaligi tekshirilmoqda.

Milliy gvardiya 82318-harbiy qism tibbiyot xizmati harbiy xizmatchilari hamda Qo‘qon shahar SEOM hodimlari bilan hamkorlikda savdo komplekslari va bozorlarda mavjud umumiy ovqatlanish shahobchalari xodimlarining tibbiy salomatliklarini, sanitariya talablariga rioya etishlarini o‘rganilmoqda. Аniqlangan kamchiliklar yuzasidan profilaktik tushuntirish o‘tkazib, oziq-ovqat mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning tez aynuvchi mahsulotlaridan namunalar olib, yaroqliligi tekshirilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik subʼektlarining faoliyatlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ham tushuntirish va profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda.

Jamoat tartibini saqlash xizmatiga jalb etilayotgan kuch va vositalar soni sezilarli darajada oshirilib, jinoyat sodir etilish hududi, vaqti, joyi va obʼektlari chuqur tahlil etilib, xizmatga jalb etilayotgan harbiy xizmatchilarning patrullik yo‘nalishlari tahlil asosida o‘zgartirildi. 7 ta jinoyat sodir etilgan “Muqumiy istirohat” bog‘iga yana 2 ta qo‘shimcha patrullik yo‘nalishi qo‘shildi.

Istirohat bog‘larida jamoat tartibini saqlash xizmati xodimlarining xizmat itlari (antiterror, giyohvandlik vositalari qidiruvchi) hamda xizmat otlari bilan xizmat olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

2-bosqichda jamoat tartibini saqlash xizmatiga jalb etilayotgan kuch va vositalarning tarqatuvi rahbarlar tomonidan PPX 2-otryadida hamkorlikdagi kuchlar bilan kreminogen vaziyat yetkazilgan holda amalga oshirilmoqda.

Savdo komplekslarining har birida mavjud bo‘lgan ovoz kuchaytiruvchi stotsionar vositalar orqali savdo kompleksiga tashrif buyuruvchi fuqarolar hamda savdogarlar o‘z moddiy vositalariga extiyot bo‘lishlari, uyali aloqa vositalarini rasta usida qoldirmasliklari, valyuta ayrboshlash uchun savdo komplekslariga o‘rnatilgan valyuta ayrboshlash shahobchalaridan foydalanishlari yuzasidan ogohlantiruvchi audio yozuvlar muntazam eshittirib kelinmoqda. Har bir savdo komplekslariga olib yuriluvchi ovoz kuchaytirgich moslamalari orqali ogohlantirish ishlari harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Qo‘qon shahrida joylashgan istirohat bog‘lari, bozorlar hamda savdo komplekslarining fuqarolar gavjum bo‘lgan hududlariga “diqqat hudud kamera nazoratida”, “1215 - Milliy gvardiya ishonch raqami” yozuvli 200 donadan ortiq bannerlar hamda harbiy qism navbatchilik qismi raqami tushirilgan 50 dan ortiq targ‘ibot bannerlari joylashtirildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar