
Ular ayolni urib, bir erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgan holati yozib olingan videoni internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.
Shu yilning 16-iyul kuni Farg‘onada 31 yoshli ayol 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani hamda ayol bu erkaklarga hech kim chora ko‘rmayotganligini aytib, videomurojaat yo‘llagan edi.
Joriy yil 17-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudida sudlanuvchilar 1995-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan M.Y. 1999-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan D.Y. 1984-yilda tug‘ilgan А.S. hamda 1989-yilda tug‘ilgan S.S.larga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyati sudlari Matbuot xizmati.
Sud hukmiga ko‘ra M.Y. JKning 118-moddasi (nomusga tegish) 2-qismi “v” bandi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 1-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
D.Y. va А.S. JKning 118-moddasi 2-qismi “v” bandi va 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, ularning har biriga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
S.S. JKning 118-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topildi va unga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Birinchi instantsiya sudining hukmidan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining apellyatsiya instantsiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi maʼlum qilindi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari