• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Respublika bo‘yicha 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil etiladi
Iqtisodiyot

Respublika bo‘yicha 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil etiladi

  • 27.08.2023 / 21:23
  • 634
  • 0
111

“Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, Respublika bo‘yicha 25 ta tumanda, shu jumladan, Аndijonning Qo‘rg‘ontepa va Ulug‘nor tumanlarida, Farg‘onaning O‘zbekiston va Furqat tumanlarida, Namanganning Pop va Kosonsoy tumanlarida quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan chorvachilik klasterlari tashkil etiladi:

go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, aholidan yig‘ib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulot shaklida realizatsiya qilish;

tayyor ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga qulay bo‘lgan hududlarda sotish shoxobchalarini tashkil etish;

aholi xonadonlariga mahsuldor naslli mollarni yetkazib berish;

chorva mollarini so‘yish kushxonalari, terilarni qabul qilish va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish;

terini qayta ishlovchi korxonalar bilan birgalikda kooperatsiya asosida teridan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish.

Shunga ko‘ra, tashkil etiladigan chorvachilik klasterlariga:

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida "Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)" loyihasi doirasida jalb qilingan resurslar hisobidan 60 million dollar miqdorida kreditlar ajratiladi;

paxta va g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100-150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar