
O‘zbekiston rassomlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limida “Qishloq ayollarining turmush tarzi” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi va videoroliklar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli rassom, o‘zining ko‘plab videoroliklari orqali o‘zbek xalqining urf-odati, anʼana va qadriyatlarini butun dunyoga namoyon etayotgan Umida Аhmedova va buxorolik rassom-jurnalist Zilola Saidovalarning ijod namunalari ko‘rsatildi.
Sanʼatga oshno ko‘ngillar qishloq ayollari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqotlar, ularning qiziqishi, farzand tarbiyasidagi roli, turmush o‘rtog‘iga sadoqat haqidagi videorolikni tomosha qildilar. Ko‘rgazma zalida esa ayollar siyrati aks etgan, insonni o‘ziga rom eta oladigan betakror suratlar namoyishi bo‘ldi.
Umida Аhmedovaning taʼkidlashicha, joriy yilda turmush o‘rtog‘i bilan hamkorlikda Gongkongda “Zamonaviy sanʼat” ko‘rgazmasini tashkil etgan. Unda oilaparvar o‘zbek ayollarining turmush tarzi, milliy qadriyatlari va anʼanalari aks etgan suratlar bilan ishtirok etishgan. Bu ko‘rgazmada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan shaxslar qatnashgan. Аna shunday ko‘rgazma qo‘shni Qirg‘izistonda ham bo‘lib o‘tgan. Bu esa ko‘pyillik tariximiz, qadriyat va aʼanalarimizni butun dunyoga tarannum etilishida va O‘zbekiston degan buyuk davlatni sanʼat orqali tanitishga xizmat qiladi, deydi u.
Ijodkor o‘z sanʼatida jamiyatdagi muammolarni ko‘rsata olishi kerak, albatta. Umida Аhmedova va Zilola Saidovalarning sanʼat asarida ayollarning qator muammolari ochib berilgan.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari