• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Kasbiy javobgarlik va baxtsiz xodisalardan sug‘urtalanish – ishonchli himoya
Jamiyat
Iqtisodiyot

Kasbiy javobgarlik va baxtsiz xodisalardan sug‘urtalanish – ishonchli himoya

  • 31.08.2023 / 17:16
  • 834
  • 0
111

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Farg‘ona viloyat boshqarmasida “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi АJ Farg‘ona filiali tomonidan “Kasbiy javobgarlik va baxtsiz xodisalardan sug‘urtalanishning afzalliklari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Taʼkidlash lozimki, o‘z vazifasini bajarayotgan kasb egalari faoliyati, yaʼni xizmat ko‘rsatish davomida turli sabablar oqibatida boshqa kasb egalariga yoki tashkilotlar faoliyatiga moliyaviy zarar yetkazilishi mumkin. Bugungi kunda turli tahliliy hujjatlarni, audit, yuridik, moliyaviy va turli ekspertlar xulosasi hamda tashxislarni tayyorlash bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatuvchi sohalar o‘z faoliyatini yuritishda baʼzi sabablar oqibatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar orqali buyurtmachiga zarar yetkazishi mumkin. Bunday vaziyatda ularning kasbiy javobgarligi yuzaga keladi.

“O‘zbekinvest” EISK АJ tomonidan taqdim etilgan kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash polisi – kasb egalarining faoliyati davomida, shaxsning kasbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini sifatsiz yoki belgilangan talabda bajarmasligi, buyurtmachining xizmatlarini amalga oshirish davrida ayrim xatoliklar kelib chiqishi natijasida yetkazilgan zarar uchun mo‘ljallangan. Bu o‘rinda sug‘urta qildiruvchining o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi davomida uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplab berilishi amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Tadbir davomida kompaniya menejeri Ulug‘bek So‘fiev boshqarma xodimlarining o‘z faoliyatlarini ado etish davrida nafaqat kasbiy javobgarligi, balki baxtsiz xodisalar tufayli jarohat olganida sug‘urta qoplamalarini amalga oshirilishi yuzasidan to‘laqonli maʼlumot berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

“Oʼzbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi АJ
 Farg‘ona filiali Аxborot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar