• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Аvtotransport egasi javobgarligining ixtiyoriy sug‘urtasi
Jamiyat
Iqtisodiyot

Аvtotransport egasi javobgarligining ixtiyoriy sug‘urtasi

  • 05.09.2023 / 15:59
  • 643
  • 0
111

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda, aybdor bo‘lgan transport vositasining egasi jabrlangan shaxslarning sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplab berishga majburdir. Bunday to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taʼminlash maqsadida har bir haydovchi fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisini rasmiylashtirishi shart.

Biroq, katta miqdordagi zarar yetkazilgan vaziyatda, OSAGO polisi bo‘yicha to‘lovlar maʼlum bir chegaradan oshadigan miqdorni to‘lashga har doim ham yetarli bo‘lmaydi. Bunday holda, transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urta polisi (DSAGO) mavjudligi sug‘urtalanuvchini ko‘plab qiyinchiliklardan xalos qilishi mumkin.

Ushbu turdagi polisni rasmiylashtirishda sug‘urtalanuvchi o‘z imkoniyatlari va moliyaviy holatidan kelib chiqqan xolda sug‘urta limitlarini mustaqil belgilashi mumkin. Tajribasiz haydovchilar uchun javobgarligini ixtiyoriy sug‘urtalash muhim ahamiyatga ega, chunki ularning avtohalokat aybdoriga aylanib qolish ehtimoli yuqori.

DSAGO avto sug‘urtasini rasmiylashtirishda quyidagilar sug‘urta hodisasi taʼrifiga kiradi:

Ehtiyotsizlik oqibatida yo‘l-transport hodisasi qatnashchisi bo‘lgan uchinchi shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazish;

Avtotransport vositalariga va yo‘l inshootlariga shikast yetkazish;

Haydovchining fuqarolik javobgarligini ixtiyoriy sug‘urtalashda bir vaqtning o‘zida avtoulovni tiklash va inshootlarga to‘lovlar ko‘zda tutilish mumkin.

“O‘zbekinvest” EISK АJ 
Farg‘ona filiali Аxborot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar