• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Qo‘qondagi “Marokash” choyxonasida qotillik qilgan yigit ushlandi
Huquq
Voqealar

Qo‘qondagi “Marokash” choyxonasida qotillik qilgan yigit ushlandi

  • 05.09.2023 / 19:07
  • 542
  • 0
111

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida qotillik qilgan yigit ikki oydan so‘ng qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 21-iyun kuni fuqaro O.Z. Dang‘ara tumanidagi «Marokash» nomli choyxonada o‘rtoqlari bilan o‘tirgan vaqtida, 1998 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan J.U. bir nechta tanishlari bilan choyxonaga kelgan. U O.Z.ni o‘zlari turgan joyga chaqirib, o‘zaro gap talashib janjallashgan va yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan O.Z.ning o‘ng ko‘krak qafasiga urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.U.ga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi. Qo‘qon shahridagi tozalash maxsus-profilaktik tadbirlari doirasida viloyat IIB hamda DXX xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yigit qo‘lga olinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar