
Xalqimizda bir naql bor: “so‘nggi pushaymon o‘zinga dushman”, deb bejiz aytishmagan. Galdagi qahramonimiz, yetti marotaba sudlangan bo‘lsa-da, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan navbatdagi jinoyatni quyidagi usulda sodir qildi.
B.Karimov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) o‘ta xavfli retsidivist bo‘lgani holda Farg‘ona shaharidagi “Saxovat” internat uyida yashab, sherigi Xasan bilan ko‘p marotaba janjallashib kelgan. 2023-yilning 25-fevral kuni soat 11:30 larda koridorda yurgan vaqtda Xasan har xil gaplarni gapirib, ustidan kulgan, shunda u bilan gaplashib olishini aytib, xonaga kirishini aytgan. Xasan do‘q qilib gapirib, baland ovozda baqir-chaqir qilib, uni haqorat qilganida B.Karimov qo‘liga kirgan o‘sha yerdagi stulni Xasanga otgan, Xasanni jahli chiqib uni yoniga kelib, urmoqchi bo‘lganida krovat ostidagi pichoq bilan Xasanning tanasini turli sohalariga bir necha marotaba urib, tan-jarohati yetkazgan. Jarohat natijasida Xasan shifoxonada vafot etgan.
B.Karimovning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “v,d” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudga yuborilgan.
Sud hukmi bilan 2023-yil 19-iyul kuni B.Karimov O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “v,d” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasini (yengillik) qo‘llab, 4 (to‘rt) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Behzod Ergashev
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Oltiariq tuman sudining raisi
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari