Xalqimizda “Birovni aldama, yurgan ko‘changni boshi berk” degan maqol bor. Bu hikmatning hayotiy ifodasini o‘zgalarning mulkini ishonchini suiiste’mol qilgan holda qo‘lga kiritib, pinagini buzmay yurgan, ammo kuni kelib, baribir qonun oldida javob bergan shaxslarning achchiq qismati bunga yaqqol bo‘ladi.
Keyingi paytlarda qarindosh-urug‘, quda-anda, uzoq qarindoshlarga kredit olish, savdo do‘konlaridan muddatli to‘lovga maishiy texnika xarid qilish hamda to‘lovni amalga oshirish jarayonlarida nizolar ko‘p ko‘zga tashlanmoqda.
Buning asosiy omillari jabrlanuvchilarning ishonuvchanligi, soddadilligi va eng asosiysi, qonun-qoidalarni yaxshi bilmasligi bilan bog‘liq. Quyidagi misol ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Qo‘ngilchang Mahzuna (ismi o‘zgaririlgan) qudaxolasining iltimosiga ko‘ra, "G.M." MCHJdan uyali telefon olib berishini iltimos qilib, hisob-kitobni shaxsan o‘zi oyma-oy to‘lab borishga ishontiradi.
Buyog‘ini so‘rasangiz, oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, Majburiy ijro byurosi Toshloq tuman bo‘limidan qarzdorlik yuzasidan Mahzunani ogohlatirish uchun davlat ijrochisi eshikdan kirib keladi. Shu tarzda ijrochi qarzdorlikni undirish maqsadida bir necha bor Mahzunaning uyiga boradi.
Pichoq suyakka qadalgan, boshqa chidashning iloji yo‘q. Mahzuna shundan so‘nggina bu haqida uning nomiga kreditga olingan “telefonning haqiqiy egasiga” ya’ni foydalanayotgan qudaxolaga qo‘ng‘iroq qiladi va qarzdorlik bo‘yicha Byuro xodimlari kelganligini ma’lum qiladi.
Oradan bir oz fursat o‘tgach, qarzdorning qarindoshlari kirib keladi va xizmat vazifasini bajarayotgan davlat ijrochisi I.Bilolovga faol qarshilik ko‘rsatishadi.
Davlat ijrochisi, sud va boshqa vakolatli organlar ijro hujjatlarining majburiy ijro etilishi bevosita Byuro organlari zimmasiga yuklatilgan va bu jarayonda yuzaga keladigan munosabatlar Qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralari orqali tartibga solinishi haqida tushuntirishga harakat qiladi, ammo ijrochi tushuntirishlarini tugatar-tugatmas, “qudaxola”ning o‘g‘li ijrochini yuz qismiga mushti bilan zarba berib, tan jarohati yetkazadi.
Shu sababli, ijro harakatlarini amalga oshirish imkoni bo‘lmaydi va bu haqida dalolatnoma rasmiylashtirilib, holat yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilinadi.
Mazkur holat yuzasidan, tuman prokuraturasi tomonidan I.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.
JIB Toshloq tumani sudining 24.10.2023 yil kungi hukmiga asosan sudlanuvchi I.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi, 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan bir yil ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni umumiy manzil koloniyalarda o‘tashligi belgilandi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari