
MIBning Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituvidagi vakolatli organlarni qarorlarini ijro etishda bir nechta huquqbuzarliklar sodir etib, tayinlangan jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan qarzdorlarning alohida ro‘yxatlari shakllantirildi.
Shunday fuqarolardan biri A.N. bo‘lib, u o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-2” rusumli avtotransport vositasini boshqarib, belgilangan me’yordan ortiq tezlikda harakatlanganligi uchun 10 marta, ya’ni 6.237.000 so‘mlik ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Qarzdorliklarni o‘z vaqtida to‘lashligi haqida uyali aloqa vositasi yordamida qarzdor A.N. bir necha marta og‘zaki ogohlantirilgan. SMS xabarnomalar yuborilgan, lekin ko‘rilgan choralar natija bermagan.
Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi davlat ijrochisi I.Qobiljonov ushbu qarzdorga tegishli avtotransport vositasini qarzdorning yashash uyida ekanligini aniqlab, tegishli tartibda xatlab, jarima maydoniga olib borishligi yoki qarzdorlikni bartaraf etishligini tushuntirganida qarzdor o‘zining qilgan huquqbuzarligini anglab yetib, unga tayinlangan 10 ta 6.237.000 so‘mlik ma’muriy jarimani to‘lab, to‘lov pattasini taqdim etdi va avtomashinasi o‘z ixtiyorida qoldirildi.
Shu o‘rinda aytmoqchimizki, huquqbuzarlik uchun jazo muqarrar. Huquqbuzarlik sodir etib, o‘ziningizga va oilaviy daromadingizga zarar yetkazmang. Byuro tomonidan yuborilgan SMS xabarnomalarga befarq bo‘lmang. Zero qonun ustuvor, jazo muqarrar!
Fayzullo G‘iyosov
MIB Oltiariq tuman bo‘limi boshlig‘i
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari