Uchta tuman ko‘mir ombori mudirlari jami 962,3 mln. so‘mlik ko‘mirni naqd pulga sotib yuborib, talon-taroj qilgan. Bu haqida viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ ning Andijon viloyat filiali tasarrufidagi Andijon tuman ko‘mir ombori mudiri Sh.B. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 362,3 mln. so‘mlik 1220 tonna, shu kabi, Buloqboshi tuman ko‘mir ombori mudiri S.N. 178,3 mln. so‘mlik 445,5 tonna hamda Jalaquduq tuman ko‘mir ombori mudiri Y.Yu. 421,7 mln. so‘mlik 1420 tonna ko‘mirlarni go‘yoki fuqarolar olganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tayyorlab, ko‘mirni naqd pulga sotishib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida talon-toroj qilishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudirlari Sh.B., S.N., va Y.Yu. ga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a ” bandi va boshqa tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ushbu shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari