• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Sug‘urta pul to‘laydimi o‘zi, degan savolga asosli javob!
Jamiyat
Iqtisodiyot

Sug‘urta pul to‘laydimi o‘zi, degan savolga asosli javob!

  • 14.11.2023 / 18:36
  • 579
  • 0
111

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi mamlakatimiz sug‘urta bozorida o‘z o‘rniga ega, mijozlari oldida ishonchli hamkor qolaversa, korxona va tashkilotlarga sug‘urta xizmatlarini taqdim etishda yetakchidir.

Xususan, kompaniyaning Farg‘ona filiali tomonidan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z mijozlari oldida qabul qilingan majburiyatlarni vaqtida bajarish kompaniyaning ustuvor masalalaridan biri bo‘lib, joriy yilning 9 oyi davomida 155 ta da’vo arizalari bo‘yicha jami 1,5 milliard so‘mga yaqin sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi.

Aytish joizki, filialga iste’molchilar tomonidan oyiga 15-20 ta murojaatlar kelib tushadi va mutaxassislar tomonidan o‘rganishlar olib boriladi. Sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddati 15 bank ish kuni etib belgilangan.

Jumladan, filial tomonidan:

–  Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 72 ta murojaatlarga asosan 644 mln 991 ming so‘m;

– “Tadbirkor oila” sug‘urtasiga 2 ta murojaat bo‘yicha 47 mln 357 ming sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi;

Garovga qo‘yilgan transport vositasini sug‘urtalash 5 ta da’vo arizasi bo‘yicha 247 million 320 ming so‘m;

– harbiy xizmatchining davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi 49 ta ariza bo‘yicha 278 mln 460 ming;

Baxtsiz hodisalar bo‘yicha 16 ta fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar bo‘yicha 13 million 330 ming so‘m zarar qoplab berilgan.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi Farg‘ona filiali faoliyatining muhim jihati, shubhasiz mijozlarning ishonchini qozonish, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish va birinchi navbatda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda qisqa muddatlarda sug‘urta qoplamasini amalga oshirish hisoblanadi.

“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi
 Farg‘ona filiali Axborot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar