
Yakka-yolg‘iz, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bemorlar sog‘liqlarini tiklash yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga quvonch, shodlik olib kirmoqda.
Bu borada Rishton tumanida ham o‘ziga xos mehr-saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Hiyaxon Yuldasheva Rishton tumani, “Mevazor” mahalla fuqarolar yig‘ini, Ziyolilar ko‘chasi, 35-uyda yashaydi. Oila ijtimoiy himoyaga muhtoj, 3 nafar voyaga yetmagan fanzandi bor. Xasta onaning bosh miya qismida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish talab etilmoqda. Ammo oilaning bu ishlarni amalga oshirish uchun moddiy imkoniyati yo‘q. Oila ahvolidaan xabar topgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi ko‘magida tibbiy jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun o‘n bir million so‘m moddiy ko‘mak berildi.
“Cho‘ng‘ara” mahalla fuqarolar yig‘inida umrguzaronlik qilayotgan Sanobarxon Abdullayeva ham yaxshilar e’tibori, mehr-muruvvatidan chetda qolmadi. Xonadon bekasi davolanishi uchun o‘n million so‘m mablag‘ ajratib berildi.
To‘xtasin Ahmedov nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida yashayotgan Dilfuzaxon Boymirzayeva ham, bir necha yildirki, bel grijasidan aziyat chekib keladi. Vrachlar tavsiyasiga ko‘ra, bemorga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak.
– Tibbiy muoalaja uchun kerakli mablag‘ni topishda birmuncha qiyinchiliklarga duch kelayogandim. Bir nafar farzandim bor, ishlay desam imkoniyatim yo‘q, – deydi Dilfuza. – Bu borada amaliy yordam so‘rab, mahalla fuqarolar yig‘ini va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mutasaddilariga murojaat qildim. Baraka topishsan, masalani o‘rganib, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sakkiz million so‘m moddiy yordam berishdi. Bizni yo‘qlab ostona xatlab keluvchi saxovatli kishilar borligiga shukr, yolg‘izlatib qo‘yishmadi. Tez kunlarda oyoqqa turib ketaman.
Mehr-saxovatga boy bo‘lgan amaliy yordamlar ko‘lami kundan kunga ortib bormoqda. Shu kunga qadar Rishton tuman Xalq deputatlari kengashining tegishli qaroriga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi fuqarolarga umumiy miqdorda 194 400 000 so‘mlik moddiy yordam mablag‘lari ajratildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari