Har qanday ish beruvchi mehnat xavfsizligi yuzasidan o‘z xodimining mehnat faoliyati davomida hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish uchun javobgardir. Ushbu majburiyat mamlakatimizda “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi” to‘g‘risidagi Qonun bilan belgilab qo‘yilgan.
Ushbu majburiy sug‘urta turi bo‘yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganda, ya’ni sug‘urta shartnomasiga ko‘ra, ish beruvchining javobgarligi xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplanishini ko‘zda tutadi, ya’ni yetkazilgan zararga sug‘urta tovoni to‘lab beriladi.
Farg‘ona “Shifo Tez Yordam” avtokorxonasida faoliyat yuritib kelgan vaqtim baxtsiz hodisa sababli tan jarohati oldim, – deydi Ibrohim Abdusattorov. – Ish beruvchining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanganligi uchun menga “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi Farg‘ona filiali tomonidan 9 million 598 ming so‘m sug‘urta tovoni to‘lab berildi.
“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi
Farg‘ona filiali Axborot xizmati
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari