
Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Farg‘ona shahri "Yangi O‘zbekiston" massivi Ekoshahar hududida buyurtmachi “RMK Ortima” MCHJ tomonidan qurilayotgan 1 dona 7 qavatli hamda “Hilol stroy” MCHJ tomonidan qurilayotgan 1 ta 9 qavatli turar-joy obyektlarida monitoring ishlari o‘tkazildi.
Buyurtmachining texnik nazoratchisi obyektlarda monitoring ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida binoning fasad qismiga montaj qilingan bazalt qoplamasi loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda loyiha talablari asosida qilinmagan bazalt qoplamalari joyida demontaj qilindi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari