• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Mahallaning “yashil bog‘lari”
Jamiyat

Mahallaning “yashil bog‘lari”

  • 17.11.2023 / 22:22
  • 254
  • 0
111

Mamlakatimiz bo‘ylab quloch yoygan "Yashil makon" umummilliy loyihasi kuzgi ko‘chat ekish ishlarida “Mahalla” xayriya jamoat fondi xodimlari ham faol qatnashmoqda.

“Mahalla” XJF Farg‘ona viloyat bo‘limi boshqaruvi hamda Marg‘ilon shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan “Pichoqchi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi nuroniylar, mahalla faollari, shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari bilan hamkorlikda mahalla hududidagi bog‘ maydoni va yo‘l bo‘ylariga 300 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi.

Tadbir ishtirokchilari ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish, yashil hududlar barpo etish xayrli ishlardan ekanligi, bu jabhada mahalla faollari, nuroniylar har jihatdan ibrat bo‘lishi muhimligini ta’kidlashdi.

– Ko‘chat ekish jarayoni viloyatning har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘tarinkilik, uyushqoqlik bilan olib borilmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov. – Ko‘chat ekish kuzgi mavsumi doirasida mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida 1 million 700 ming tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib, “Yashil bog‘”lar barpo etiladi.

Ko‘chat etish, obodonlashtirish ishlari xayr-saxovat tadbirlariga ulanib ketdi. Shu kuni bir guruh fuqarolarga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi qaroriga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan uy-joylarini ta’mirlanishi uchun moddiy yordamlar ajratildi.

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar