• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Andijonda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi va uni videoga olgan zamdirektor ishdan olindi
Jamiyat
Fan va ta'lim

Andijonda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi va uni videoga olgan zamdirektor ishdan olindi

  • 20.11.2023 / 18:10
  • 1138
  • 0
111

Joriy yilning 19-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 38-maktabda o‘qituvchi o‘quvchini urib, haqorat qilgani aks etgan videoxabar yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Unda aytilishicha, holatga oydinlik kiritish maqsadida joriy yilning 20-noyabr kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Karimov ishtirokida boshqarma ishchi guruhi Paxtaobod tumanidagi 38-umumta’lim maktabida bo‘lib, holat o‘rganildi.

O‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan “Pedagogik Kengash”da maktabda nosog‘lom muhit deya iddao qilingan videotasvirlar bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rilib, maktab jamoasi fikrlari hamda faxriy ustozlar takliflari tinglandi.

“Pedagogik Kengash”ning yakuniy qaroriga muvofiq ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sababchi bo‘lgan, maktabda ijobiy ma’naviy muhitni tashkil etishdagi sovuqqonligi uchun maktab rahbari O.X ga “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi, ta’lim tizimi imidjiga salbiy ta’sir ko‘satish xarakteridagi holatni keltirib chiqarib, ushbu videomateriallarni tarqatilishida ishtirok etgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.B hamda jismoniy-tarbiya fani o‘qituvchisi O.M egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Shu o‘rnida barcha ta’lim muassasalarida yosh avlodga bilim berayotgan fidoyi ustozlarimizni "O‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari"da pedagogik etika-estetika qoidalariga rioya qilgan holda muomalada bo‘lishlari hamda ustoz sifatida ularga shaxsiy namuna ko‘rsatishlari zarurligini ta’kidlaymiz.

Qolaversa, qadrli Ota-onalarimizni o‘z farzandlariga ustoz-murabbiylarning inson kamolotidagi o‘rni, ularga xurmat va ehtirom tuyg‘ulari asosida munosabatda bo‘lish singari tushunchalarni shakllantirishda “Oila-mahalla-maktab” tamoyillari asosida faol hamkorlikka chorlab qolamiz, deyiladi munosabat yakunida.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar