• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Mardlik unutilmaydi
Jamiyat

Mardlik unutilmaydi

  • 08.12.2023 / 09:16
  • 188
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yillik bayrami arafasida Vatan sarhadlarida mardlik, matonat ko‘rsatgan, yurt tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz oilalari holidan xabar olindi, ma’naviy-moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

2000-yil Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlari orqali bir guruh xalqaro terrorchi jangari to‘dalar mamlakatimiz hududiga suqulib kirmoqchi bo‘lgani va ularga qarshi Vatanning asl, mard o‘g‘lonlari mardonavor kurashganini hech kim unutgani yo‘q. Bunday botir o‘g‘lonlar safida farg‘onalik harbiy serjant Dilshod Asanov ham bor edi. Qahramon askar bosqinchilarga qarshi qaqshatqich janglarda mardonavor jang qildi. Yurt tinchligini asrashdek sharafli va mas’uliyatli vazifani bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘ldi.

“Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘lim boshqaruvi, faxriylar ishlari bo‘yicha viloyat kengashi va harbiy qism xizmatchilari hamkorlikda jasur jangchi ulg‘aygan xonadonga tashrif buyurdi. Uning oilasi, yaqinlari holidan xabar olinib, ko‘ngil so‘raldi, “Mahalla” XJF viloyat boshqaruvi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, bayram esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu kuni Mudofaa vazirligida turli vazifalarda o‘z xizmat burchini o‘tagan, nogironligi bor iste’fodagi pensionerlar - mayor Rustam Komilov, podpolkovnik Muhiddin Duysenbayev, Abdumutalib Orzibayev, iste’fodagi serjant Vera Yegorova singari bir guruh harbiy xizmatchilar ham yo‘qlab borildi. "Mahalla" xayriya jamoat fondining turfa bayram sovg‘alari topshirildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar