• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Fargʻonada uyida jangovar qurol va oʻq-dorilarni saqlab kelgan shaxs qoʻlga olindi
Jamiyat
Huquq

Fargʻonada uyida jangovar qurol va oʻq-dorilarni saqlab kelgan shaxs qoʻlga olindi

  • 10.12.2023 / 19:20
  • 475
  • 0
111

Fargʻona viloyati IIB
Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tadbirlar natijasida, 5 kg 921 gramm giyohvandlik vositalari, 414 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, 42 ta qurol-yaroqlar, 221 ta oʻq-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Misol uchun, Toshloq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro oʻz xonadonida 8 dona jangovar ov quroli oʻq dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar oʻq-dorilar qonunga xilof ravishda saqlab kelinganligi aniqlandi.

Shuningdek, muqaddam JKning 164, 165, 166 hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Margʻilon shahar “Guliston” MFYda yashovchi 1988-yilda tugʻilgan, tezkor vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor Karimov Abdullo Qosimjonovich, shaxsga ogʻir tan jarohati yetkazib, yashirinib yurganligi aniqlanib, ushlandi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar