• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Andijonda yana 8 ta zapravkada sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
Jamiyat
Iqtisodiyot

Andijonda yana 8 ta zapravkada sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

  • 20.12.2023 / 14:23
  • 593
  • 0
111

Andijonda AYOQSHlarni tekshirish davom etmoqda, yana 8 ta AYOQSHda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi viloyatdagi xususiy AYOQSHlarda neft mahsulotlarini iste’molchilarga sifat jihatidan to‘g‘ri sotilishi bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazishda davom etmoqda.

Hozirgacha jami 114 ta AYOQSH o‘rganilib, ulardan 33 tasida aholiga sotilayotgan AI-92, AI-95 markali benzin mahsulotlari haqiqatdan shu markali benzin mahsulotlari ekanligini aniqlash uchun belgilangan tartibda namunalar olinib, muhrlandi.

O‘tkazilgan tahlil natijalariga acosan 8 ta AYOQSHda sotilayotgan AI-92, AI-95 avtobenzinlar davlat standarti talablariga mos kelmaganligi aniqlandi. Hozirgi kunda yana 7 ta namuna Toshkent markaziy kimyo-nazorat laboratoriyasiga tahlil uchun yuborilgan.

Bundan tashqari, viloyatdagi 48 ta AYOQSHlarda neft mahsulotlari qoldiqlari qolmaganligi sababli faoliyat ko‘rsatmayotgani aniqlangan. Qolgan 33 ta AYOQSHlarda faqatgina AI-80 markali benzin sotilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Andijon viloyatidagi 7 ta AYOQSH AI-80 markali benzinni AI-92 va hattoki AI-95 benzini deb sotib kelgani ma’lum qilingandi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar