• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Aliment to‘lamasdan qochib yurgan er shar’iy nikohdagi xotinining yotoqxonasidan topildi
Jamiyat
Huquq

Aliment to‘lamasdan qochib yurgan er shar’iy nikohdagi xotinining yotoqxonasidan topildi

  • 19.04.2024 / 13:48
  • 892
  • 0
111

MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasining ma’lum qilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 2011 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor erkakdan undiruvchi sobiq ayoli (guruh nogironi) foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilagan.

Ammo, er aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lashligi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lsada, to‘lamasdan kelgan.

Shundan so‘ng, davlat ijrochisi qarzdorning yashash uyiga bir necha marotaba borgan. Uni topish imkoni bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Boshqarma qidiruv sho‘basi xodimlari 18-aprel kuni qarzdorning ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga borib, uning yashash xonadonidagi barcha joylar ko‘zdan kechirilgan paytda erkak uyning yotoqxonasida mast holatda uxlab yotgani aniqlandi va u o‘yg‘otib olib chiqildi.

Shu kunning o‘zida qarzdor mavjud 33 mln 405 ming so‘m aliment qarzdorligini to‘lamaganligi sababli, Jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudi tomonidan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Jasurbek Mamasidiqov
MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasi inspektori

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar