Zamonaviy dizayn va sharoitlarga ega bo‘lgan masjid 25 mingga yaqin namozxonni sig‘dira oladi, eng muhimi masjid kuchli zilzilaga ham bardosh beradi. Bu haqida Qozog‘istonning rasmiy nashrlari xabar berdi.
Kecha, 24-may kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida Seyitjon Qori Esjanuli nomidagi eng katta masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi masjid shaharning “Nursat” mikrorayonida joylashgan.
Masjid 12 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, Chimkentdagi barcha masjidlardan ko‘lami va me’morchiligi bilan ajralib turadi. Minoralarning balandligi 63 metr, bosh gumbazning balandligi 56 metrni tashkil qiladi.
Masjid ichiga 12 ming nafargacha tashrif buyuruvchini sig‘dira oladi, kirish eshigi oldidagi ochiq maydonda esa 10 ming nafargacha kishi namoz o‘qishi mumkin.
Muhimi, masjid zilzila xavfini hisobga olingan holda qurilgan. Bino zilzilaga yuqori darajada chidamli.
Masjidda 20 metrlik soyabonli chodirlarini ochish tizimi mavjud bo‘lib, ular ventilyator va namlagichlar bilan jihozlangan. Masjid hududida fitnes markazi, lift va eskalatorlar mavjud.
Shuningdek, majmuada ayollar ta’lim markazi, madrasa, kutubxona, televizion markaz va oshxona ham o‘rin olgan.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari