• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Oltiariqda sun’iy suv havzasida cho‘kib ketib, vafot etganlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
Jamiyat
Voqealar

Oltiariqda sun’iy suv havzasida cho‘kib ketib, vafot etganlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

  • 07.06.2024 / 15:00
  • 125
  • 0
111

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumanida uch kishi sun’iy suv havzasida cho‘kib, vafot etani bo‘yicha xabarlar tarqalgan edi. Bugun, 7-iyun kuni AOKA Farg‘ona viloyati boshqarmasi binosida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Kuchkarov tomonidan cho‘milish mavsumida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘tsatish mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘sha kuni 2012 va 2013-yillarda tug‘ilgan bolalar Oltiariq tumani “Eskiarab” MFY hududidagi fermer xo‘jaligi tomonidan ekinlarni tomchilatib sug‘orish uchun tashkil qilingan sun’iy suv havzasiga cho‘milish maqsadida tushishgan. 10-15 daqiqa cho‘milib, suvdan chiqmoqchi bo‘lgan bolalar polietilen bilan o‘ralgan, atorofida ushlash uchun hech narsa bo‘lmagan va uni ustiga atrofi sirpanchiq bo‘lganligi bois qancha harakat qilishmasin, yuqoriga chiqa olmagan.

O‘sha vaqtda yaqin-atrofda bo‘lgan fermer xo‘jaligi qorovuli bo‘lgan 25 yoshli erkak esa ularni qutqarmoqchi bo‘lgan. Qo‘liga ip olib, bir uchini beliga, bir uchini daraxtga bog‘lab suvga tushgan. Ammo u ham bolalarni olib chiqishni uddalay olmagan va o‘zi ham suvda cho‘kib vafot etgan.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda viloyat bo‘yicha 336 ta mana shunday sun’iy suv havzalari mavjud bo‘lib, ularda yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz holatlarni olish maqsadadida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-maydagi 164-son qaroriga asosan akvatoriyalarning plyaj zonalarida dam oluvchilar xavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlarni nazorati tahlili yuritilib, 2023-2024-yilgi bahor-yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yoz mavsumida aholining suvda cho‘kishi bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish bo‘yicha suv obyektlarida, shuningdek, suv yo‘llari ustidan o‘tgan inshootlarda (ko‘priklar, magistral ichimlik suvi va gaz quvurlari, h.k.) xavfsizlik choralarini ko‘rish, aholi cho‘milishi kuzatiladigan, ruxsat etilmagan SUV havzalarini o‘rganib, cho‘milish mavsumida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab profilaktik reyd tadbirlari, seminarlar, treninglar, ochiq muloqotlar va davra suhbatlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Birgina o‘tgan 2023-yil davomida mavsum boshidan Farg‘ona viloyatida suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar jarayonida viloyatning 19 ta shahar va tumanlarida ishchi guruhlar tashkil etilib, 32 nafardan tegishli soha vakillaridan mutaxassislar jalb etilgan. Viloyat hududida cho‘milish mumkin bo‘lgan, qo‘riqlanadigan suv havzalari soni 19 tani tashkil etsa, cho‘milish taqiqlangan, qo‘riqlanmaydigan fuqarolar cho‘milishi extimoli ko‘p bo‘lgan joylar soni 55 tani tashkil etadi.

Tegishli mutaxassislar ishtirokida 2023-yil davomida 6453 marotaba yuqoridagi ruxsat etilmagan joylarda profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lsa, 230 ta joyga, ya’ni sun’iy ko‘priklar, gaz trubalari, ichimlik suvi trubalariga sun’iy to‘siqlar o‘rnatilgan.

Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida 2874 marotaba uchrashuvlar o‘tkazilib, 20 304 nafar fuqarolar (ya’ni ularning 85 foizini voyaga yetmagan yoshlat tashkil etadi)ga tushuntirish ishlari olib borilgan. Targ‘ibot va profilaktik reyd tadbirlari davomida 20 turdagi jami 9478 dan ziyod cho‘milmaslikni targ‘ib qiluvchi eslatma va bukletlar tarqatilgan. Cho‘milish taqiqlangan, qo‘riqlanmaydigan, fuqarolar cho‘milish extimoli ko‘p bo‘lgan joylarga 677 tadan ziyod "Cho‘milish taqiqlanadi” deb yozilgan plakat, bannerlar o‘rnatilgan.

Shuningdek, ko‘priklar, yo‘lning qatnov qismi chetidagi beton to‘siqlar va boshqa yozish imkoniyati bo‘lgan 12 mingdan ziyod joylarga "Cho‘milish qat’iyan man etiladi" deb maxsus kraskalarda yozib chiqilgan. Olib borilayotgan targ‘ibot va tashviqot, profilaktik tadbirlarni keng aholi qatlamiga yanada kengroq yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ko‘rsatuv, turkum maqola, ijtimoiy rolik va real voqeliklar ko‘rsatib borilmoqda.

Ming afsuski olib borilayotgan yuqoridagi tadbirlarga qaramasdan fuqarolarimiz o‘rtasida suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar sodir bo‘lishi davom etmoqda. Birgina 2023-yil davomida Farg‘ona viloyatida 8 ta holatda 8 nafar fuqarolar hayotdan bevaqt ko‘z yumgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 2024-yilning 7-iyun holatiga 6 ta holatda 10 nafar fuqarolar suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisaning qurboniga aylangan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar