• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Og‘ufurushning qismati...
Jamiyat

Og‘ufurushning qismati...

  • 24.12.2024 / 17:09
  • 203
  • 0
111

Giyohvandlik bu haqiqiy manqurtlik! Bu shunday og‘uki, uning ta’sirida inson ongi va xulqida salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lib, hayoti do‘zaxga aylanadi. Kishi bir bor giyohvandlik moddalarini iste’mol qildimi, tamom o‘z-o‘zidan unga tobe bo‘lib qoladi. Bu esa, shak-shubhasiz, do‘zax sari yo‘l demak.Buni anglab yetmagan F.B  anashunday giyohvand moddalarning  quliga aylandi.Bunga albatta uning ishsizligi, biror bir kasbning uddasidan chiqolmagani sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.

F.B, giyohvandlik vositasini olish maqsadini ko‘zlab, dastlabki tergov va sudda aniqlashni imkoni bo‘lmagan “Yodgor” ismli shaxs bilan oldindan kelishib, 2023 yil 10 noyabr kuni Qo‘qon shahridan, o‘zining boshqaruvidagi “Gentra” rusumli, davlat raqam belgisi 40Y783DV bo‘lgan transport vositasida, onasi  bilan Farg‘ona shahriga yo‘lga chiqadi. Shaharga yetib kelganidan so‘ng onasining  jinoiy qilmishidan xabardor bo‘lib qolishini oldini olish maqsadida, uni  Al-Farg‘oniy ko‘chasida joylashgan “Samo” nomli sport majmuasining oldida qoldirib, o‘zi jinoiy sherigi “Yodgor” ismli shaxs bilan uchrashishga ketadi. U  Farg‘ona shahri Dodhoh ko‘chasida joylashgan,  “Kirza”  nomli oziq-ovqat do‘konining yonida   Yodgor  bilan uchrashib yonida olib kelgan 5000 AQSH dollarga sof og‘irligi 909 grammli "opiy" giyohvand moddasini sotib oladi. , F.B. giyohvandlik vositasini qo‘lga kiritib,  yo‘ldan onasini olib  , Qo‘qon shahriga yo‘lga chiqadi.

Shu kuni, DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi tezkor bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, “Farg‘ona-Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan, F.B. boshqaruvidagi “Gentra” rusumli, davlat raqam belgisi 40Y783DV bo‘lgan transport vositasi Farg‘ona tumani, “Cheksho‘ra” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi, mahalliy nomi “Satkak krug” deb nomlanuvchi aylanma yo‘lda to‘xtatilib, transport vositasini ko‘zdan kechirish davomida, old yo‘lovchi o‘rindig‘i ostidan yashil rangli selofan paketga solingan, bir bo‘lakdan iborat, yopishqoq ko‘rinishdagi, o‘tkir xidli, qora rangli giyohvandlik vositasiga o‘xshash bo‘lgan modda borligi aniqlandi.

Farg‘ona viloyati IIB EKBning 2023 yil 11 noyabrdagi 1330-sonli sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, F.Bning transport vositasidan aniqlanib olingan yashil rangli selofan paketga solingan, bir bo‘lakdan iborat, yopishqoq ko‘rinishdagi, o‘tkir xidli, qora rangli, ko‘rinishidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash bo‘lgan modda tarkibida faol giyohvand moddalar, alkaloidlar mavjudligi, ushbu modda “opiy” deb atalishi, sof og‘irligi 909 grammni tashkil qilishi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasining 27.10.2018 yilgi 878-sonli qarorining 1-ro‘yxati,

127-tartib raqamida “opiy” moddasi O‘zbekiston Respublikasida muomilada bo‘lishi taqiqlangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kirishi, 2,0 gramm va undan ortiq “opiy” moddasi ko‘p miqdorni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Viloyat narkalogiya dispanserining 2023 yil 13 yanvar kungi 842-sonli xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchi F.B. “Opiyli narkomaniya (ko‘knori) qoradori kasalligi” bilan og‘rishi, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasini qo‘llab, majburiy davolanishga muxtoj ekanligi xulosa qilingan.

Sudda u   ko‘p yillardan buyon “opiy” giyohvandlik vositasini iste’mol qilib kelgani uchun o‘rganib qolgani, har ikki soat davomida bir marotaba iste’mol qilishi, “opiy” giyohvandlik vositasini salfetka qog‘ozga oz-ozdan o‘rab yutish yo‘li bilan yoki uni ozginasini tutatib qo‘yib chekish yo‘li bilan iste’mol qilishi, giyohvandlik vositasini iste’mol qilsa tanasidagi og‘riqlar yo‘qolishi, oshqozonida 12 ta joyida yara paydo bo‘lganligi sababli, ichki qon ko‘p ketishi, shu sababli og‘riqni qoldirish maqsadida giyohvandlik vositasini iste’mol qilishga o‘rganib qolgani aytib yengillik berishlarini so‘raydi.Farg‘ona shahar jinoyat  sudi B. Fning ishini ko‘rib chiqib hukm chiqardi. Sud hukmiga ko‘ra u O‘zbekiston Respublikasi  jinoyat kodeksining  273-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan  jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Baxtiyorbek Xalilov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar  sudi sudya yordaichisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar