• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat FVV askari 5 kishini pichoqladi. Bir nafari vafot etgan 
Jamiyat
Voqealar

FVV askari 5 kishini pichoqladi. Bir nafari vafot etgan 

  • 04.01.2025 / 10:43
  • 140
  • 0
111

Kecha, 3-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida Favqulodda vaziyatlar vazirligi saflarida xizmat o‘tayotgan oddiy askar besh kishini pichoqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vazirlikning Maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi 1-sonli muhandislik qurilish bataloni 2-otryad 5-guruh oddiy askari G.M. mast holatda xizmat o‘tayotgan ushbu batalonning 1-otryad 5-guruh oddiy askari J.N.ni urib, ko‘chaga chiqib ketgan. Soat 03:30 da Nukus shahrining Danalar ko‘chasida joylashgan 41-uyga kirib, uydagi oshxona pichog‘i va chopqini olgan. Shundan so‘ng uyda uxlab yotgan 2000-yilda tug‘ilgan xonadon keliniga tegajog‘lik qilgan. Uning ovozidan uyg‘ongan turmush o‘rtog‘i Z.K.ga esa pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. So‘ngra Z.K.ning otasi D.A., uning yana bir qarindoshi R.A.ga chopqi bilan hujum qilib, ularga turli darajada tan jarohati yetkazgan.

Bundan tashqari, G.M. jinoiy harakatlarini davom ettirib, soat chamasi 04:00 da Nukus shahri Aybuyir ko‘chasida joylashgan 18-uyda yashovchi A.S. uyining eshigini yopayotgan vaqtida unga ham chopqi bilan tashlanib, voqea joyidan qochib ketgan. A.S. esa o‘g‘li S.A.ni chaqirib, notanish bir odam tan jarohat yetkazganini aytgan. S.A. ushbu notanish kishini topish uchun mashinasida ko‘chaga chiqqanida, G.M. uni ham jarohatlagan.

Jabrlanuvchilarning 1 nafari vafot etgan, 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Voqea joyidan 1 dona tig‘ sohasi uzunligi 20 sm, eni 8 sm, sop qismi uzunligi 12 sm bo‘lgan chopqi qonga o‘xshash dog‘lar bilan ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 25, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs (2005-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan G.M.) protsessual tartibda ushlangan. 

Hozirda Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar