• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy “bunker”lar faoliyatiga chek qo‘yildi
Jamiyat

Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy “bunker”lar faoliyatiga chek qo‘yildi

  • 05.01.2025 / 17:09
  • 173
  • 0
111

Respublikaning barcha hududlarida tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar davom etayotgani haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur yo‘nalishda nafaqat iste’molchilar ishtirokidagi qonunbuzarliklar, balki tizim xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan qing‘irliklar ham fosh etilmoqda.

“Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti komplayens nazorat tuzilmalari ishtirokida Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuzilish holatini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi.

“Ko‘kdalatumangaz” GTB chilangar ta’minotchisi I.N. va haydovchi B.X. tumanning “Chorvador” MFY hududidagi iste’molchilarga tarqatilishi ko‘zda tutilgan 110 dona maishiy gaz ballonlarni belgilangan tartibda tarqatmasdan, mazkur mahallada yashovchi B.A. xonadoniga 34 dona gaz ballonini tushirayotgani aniqlangan.

Shuningdek, ushbu xonadonda 8 dona bo‘sh gaz ballonlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Shunga o‘xshash holat Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ham kuzatildi. Qo‘qon shahar Bodomzor ko‘chasida istiqomat qiluvchi S.U. xonadonida maishiy gaz ballonlari qoidalarga zid ravishda saqlanayotgan “bunker” aniqlangan. 

Xonadon ko‘zdan kechirilganda suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan 35 dona va bo‘sh holdagi 48 dona maishiy gaz ballonlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan mazkur ikki holat natijasida 1380 kilogramm suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilinishining oldi olindi.

Holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar FVB va huquq-tartibot organlariga taqdim etildi, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar