• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Huquq Qamchiq dovonida YTHga uchragan qarzdorning mashinasi Dang‘aradan topildi
Huquq

Qamchiq dovonida YTHga uchragan qarzdorning mashinasi Dang‘aradan topildi

  • 10.01.2025 / 18:15
  • 285
  • 0
111

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 26.10.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.J.ning boshqaruvida bo‘lgan “COBALT 2” rusumli avtomashinasini xatlash belgilangan.

Gap shundaki, u “Davr Bank” XATBdan kredit olgan va uni o‘z muddatida qaytarmagan. Shu sababli, sud qarori asosida kredit qarzdorligini garov mulkiga qaratish belgilangan.

Ushbu ijro xujjati Majburiy ijro byurosining Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituviga 14.11.2024 yilda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Ijro harakatlari davomida mazkur avtotransport vositasiga taqiq o‘rnatilgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga bir necha marotaba borib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yo‘qligi aniqlangach, qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasiga ko‘ra, ushbu avtomashina 2025-yil 9-yanvar kuni Dang‘ara tumani “Istiqlol” MFY hududida joylashgan jarima maydonchasidan YTH natijasida nosoz xolatda topilib, davlat ijrochisi tomonidan xatlandi. Hozirda avtomashinani auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Faizasil Qosimxo‘jayev 
MIB Marg‘ilon shahar bo‘limi
davlat ijrochisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar