
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat hokimi o‘rinbosarlari hamda shahar va tuman hokimlarini mukofotlash uchun 661 million so‘m ajratgandi.
Viloyat hokimining 7 nafar o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish uchun 201 million 250 ming so‘m, viloyat hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘ini rag‘batlantirish uchun 28 million 750 ming so‘m, shuningdek, Termiz shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish uchun esa 431 million 250 ming so‘m ajratilgan.
Mazkur pulni ajratish to‘g‘risidagi farmoyish 20 yanvarda qabul qilinganidan so‘ng, jamoatchilikning ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Bugun, 25 yanvar Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgan farmoyish bekor qilingan.
"Ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosarlari hamda shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida qabul qilingan 2025-yil 20-yanvardagi 12-8-0-F/25-sonli farmoyish yuzasidan turli postlar e’lon qilindi.
Mazkur farmoyish qayta ko‘rib chiqilib, bekor qilingan. Mablag‘lar “Qashshoqlikdan farovonlik sari” dasturiga yo‘naltirilishi belgilanmoqda", - deyiladi xabarda.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari