• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Andijonda 13 yoshli qizga eri bilan jinsiy aloqa qilishini so‘ragan ayol jazolandi
Jamiyat
Huquq

Andijonda 13 yoshli qizga eri bilan jinsiy aloqa qilishini so‘ragan ayol jazolandi

  • 03.02.2025 / 17:42
  • 532
  • 0
111

Andijon viloyatining Asaka tumanida voyaga yetmagan 13 yoshli qizga jinsiy aloqa qilish taklifini bergan 37 yoshli er va 32 yoshli xotin jazoga tortildi. Bu haqda Oliy sud portalida sud qarori keltirilgan.

Huquqbuzar 2024-yil 9-noyabr kuni ayol T.Yu. o‘zining qo‘shnisi bo‘lgan voyaga yetmagan M.S.dan eri B.A.ning jinsiy extiyojini qondirib qo‘yishini so‘rab unga 50 ming so‘m taklif qilgan va M.S.ning sha’ni va qadr qimmatini tahqirlab, shaxvoniy shilqimlik qilgan. Er suhbatni eshitib, agar qiz rosi bo‘lsa, 50 ming so‘m emas, 100 ming so‘m berishini aytgan. Qiz esa qo‘rqib ketib, uyiga qochib chiqib ketgan.

Sud majlisida huquqbuzar B.A. aybiga iqror bo‘lib, haqiqatdan ham 2024-yil 9-noyabr kuni, turmush o‘rtog‘i T.Yu. bilan jinsiy aloqadan qoniqmaganligini sababli, turmush o‘rtog‘idan qo‘shnisi M.S.ni o‘zining jinsiy extiyojini qondirib qo‘yishi uchun yashash xonadoniga olib chiqishini so‘rab o‘zi uxlab qolganligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib qonuniy yengillik berishini so‘ragan.

Sud majlisida jabrlanuvchi voyaga yetmagan M.S. T.Yu. uning o‘zini yashash xonadoniga olib kirib, uni turmush o‘rtog‘i B.A. bilan jinsiy aloqa qilib bo‘shantirib qo‘yishligini so‘raganligini, uni ko‘zini bog‘lab qo‘yishlarini, xech nimani ko‘rmasligini, og‘rimasligini aytib, evaziga 50 ming so‘m pul berishini taklif qilganligini bildirgan.

Sud qarori bilan erkak B.A. MJtKning 411-moddasi 1-qismi bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Uning ayoli T.Yu.ga esa shu modda bilan 750 ming so‘m darima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, T.Yu. oradan biroz vaqt o‘tib, sudga apellyatsiya berib, apellyatsiya shikoyatida, jabrlanuvchi yolg‘on gapirayotganini ko‘rsatib, adolatli qaror qabul qilishni so‘ragan. Ammo, sud apellyatsiya shikoyatini rad etib, tayinlangan jazoni o‘zgarishsiz qoldirgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar